Chorchinor (mahalla)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chorchinor
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Mintaqa Marg'ilon, Farg'ona
Aholisi
 (2018)
3 443
Vaqt mintaqasi UTC+5
Map
Chorchinor mahallasi xaritada

Chorchinor mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan mahalla[1].

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Chorchinor mahallasida 475 xonadon va ularda 3,5 mingdan ziyod aholi yashagan. 2018-yilga kelib mahallada jami aholi soni 3 443 tani, oilalar soni 548 tani tashkil etdi. Chorchinor mahallasi Bozor koʻchasi, Bozor 1 berk, Bozor 2 berk, Bozor 3 berk, Bozor 4 berk, A.Obidjonov, Imom Zahiriddin, Firdavsiy, A.Toʻqay, Yangi ariq, Bedil, Chor chinor, Toshxalfa, Mustaqillik, B. Margʻiloniy, Turkiston singari koʻchalardan iborat.

Tarixan „Chorchinor“ mahallasi hududida asosan kosiblar, hunarmandlar, nonvoylar, zargarlar, naqqoshlar, beshikchilar va boshqa turli kasb egalari istiqomat qilganlar. Mahalla hududida shirmoy noni milliy “brend” sifatida nom qozongan novvoylar ham yashaydi[2]

Chorchinor mahallasida ilgari 4 masjid boʻlib, ulardan guzardagi masjid, pastki masjid, Taron bozori masjidi mahalliy meʼmorchilik maktabining oʻziga xos naʼmunasi hisoblanadi. Taron bozori masjidi XX asrning oxirlarida shahar bozori yonida qurilgan boʻlib, bezaklarning oddiyligi bilan ajralib turadi. Bozorga kelgan odamlar qadimgi chinorlar soyasida dam olgan, katta hovuz va uning boʻylarida xordiq chiqargan.

Mahalla guzaridagi masjid hovlisida salobatli toʻrtta chinor qad qoʻtargan. Oradan 170 yil oʻtgan boʻlsa ham, chinorlar haliyam mavjud. Chorchinor mahalla guzarining choyxonasida XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fargʻona vodiysining mashhur sanʼatkorlarining yigʻinlari tez-tez oʻtkazilib turilgan. Shunday adabiy kechalar Maʼmurjon Uzoqovning ham kelgusida mashhur sanʼatkor boʻlib yetishiga sabab boʻlgan[3]. Bundan tashqari oʻzbek romanchiligining otasi Abdulla Qodiriy oʻz asarlarini tarixiy maʼlumotlarni yiqqani Margʻilonga kelgan paytlarida Chorchinordagi ulamolar va ijod ahli bilan ham suhbatlar qurgan. Oʻsha kezlar chorchinorlik gʻazalnavis shoir Abdulboqi Chorchinoriy Abdulla Qodiriyga yordam berganligi haqida hozirga qadar mahalla ulugʻlarining xotirasida saqlanib qolgan[4].

Marg’ilon shahrining "Chorchinor" mahallasida aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kVli "Marg’ilon" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Navro’z” elektr uzatish tarmog’ining boshlanish hududi to’liq yangidan qurildi. Hududda Marg’ilon shahar elektr ta’minoti korxonasining ta’mirlash brigadalari tomonidan yangi tayanch hamda butlovchi qismlarni o’rnatish, tarmoq uchun sim tortish ishlari olib borildi. Marg'ilon shahar sektorlar kesimida Chorchinor mahallasi 4-sektorga qaraydi. Sektor boshlig'i — tuman DSI boshlig'i Siddiqov Soyib Mamajonovich.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Marg'ilon shahar sektorlar kesimida“. Marg'ilonuz. MARG'ILON SHAHAR HOKIMLIGI (07.13.2018). Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
  2. Sarvar Ziyayev, Abdusalim Abduvohidov. „Marg‘ilon “brendi” shirmoy non qanday tayyorlanadi?“. kunuz (2023-yil 19-mart). Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  3. Nuriddin Xolboyev „Bastakorlar va mashhur hofizlar ijodiga bag'ishlangan ko'rik tanlovlar va ularning amaliy ahamiyati“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
  4. Nodirbek Abdulahatov „Marg'ilon mahallari tarixidan“. elib.buxdu. Andijon nashriyot matbaa, MChJ. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Azimov I. Fargʻona vodiysining arxitektura yodgorliklari. — Toshkent: Oʻzbekiston, 1986. — 420 b.
  • Mirzayev M. A. Oʻzbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza etish va oʻrganish ishining tashkil topishi va rivojlanishi (1917 — 1941 yy.) — Toshkent, 1994. — 145 b.
  • Sodiqova N. S., Buryakov Yu. F. Tarixiy yodgorliklar xazinasi. — Toshkent: Fan, 1976. — 231 b
  • Qori-Niyoziy T. N. Oʻzbekiston SSR moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash va oʻrganish. — Toshkent: Fan, 1971. — 304 b