Chimyon adiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chimyon adiri — Fargʻona viloyati hududidagi adir. Fargʻona botigʻining jan.da joylashgan. Shim.dan Yormozor, jan.dan VodilChimyon adir orasi botiklari bilan tutashgan. Gʻarbdan sharqqa 25 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 856 m. Shimoliy yon bagʻri qiyaroq. Chimyon adiri yon bagʻirlari koʻplab quruq soy oʻzanlari va jarliklar bilan zich oʻyilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va quyi toʻrtlamchi davr qumtoshlari, gillari, konglomeratlari, qum, shagal toshlar va lyosslardan tashkil topgan. Chimyon adiri toʻrtlamchi davrda yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Iqlimi kontinental, yiliga 250–300 mm yogʻin tushadi. Boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularda rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkovush va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, kaltakesak, ilon va boshqa uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.