Charx (sanʼat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charx (sanʼatda) — 1) qad. doyra usullaridan biri; shu usulda ijro etiladigan oʻzbek xalq kuylari. Ch. kuyining surnay yoʻli ham boʻlib, dorbozlik oʻyinlari vaqtida surnay, nogʻora kabi sozlardan iborat ansambllarda ijro etiladi. "Shodiyona" surnay turkumining bir kismi ham Ch. deb yuritiladi; 2) oʻzbek xalq qoʻshigʻi. Oʻtmishda charxda ip yigirish jarayonida aytil’ib, xotinqizlarning histuygʻularini ifoda etgan; 3) xalq raqslarida chir aylanib ijro etiladigan oʻyin harakatlaridan biri.