Buyuk ko'llardagi kemalar qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buyuk koʻllardagi kemalar qabristoni, Whitefish nuqtasi (37090065095)

Buyuk koʻllardagi kemalar qabristoni Grand Marais, Michigan koʻllari va Whitefish Piont (Whitefish nuqtasi) oʻrtasidagi Yuqori koʻlning janubiy qirgʻogʻini oʻz ichiga olagan, ammo Grand Island qabristonga kirish uchun gʻarbiy nuqtasi sifatida tilga olingan[1]. Aynan shu nuqtada Yuqori koʻlning boshqa joylariga nisbatan koʻproq kemalar choʻkib ketgan[2][3][4].

Yuqori koʻl hududagi jami 550 ta choʻkkan kemalarning 200 tadan ortigʻi aynan Whitefish Point ga toʻgʻri kelgan. Whitefish koʻrfazidan gʻarbiy yoʻnalishda kemalar boʻrondan qochishi mumkin boʻlgan hech qanday tabiiy toʻsiq mavjud emas[5]. Bundan tashqari, 20-asr oxirlarida ob-havoni bashorat qilish juda ishonchsiz, tasodifiy va noaniq boʻlgan[6]. Koʻpincha, suzib ketayotgan kemalar ularni qanday ob-havo kutayotganini bilishmagan.

Koʻlda choʻkkan kemalarning barchasi hozirda Whitefish Point Underwater Preserve tomonidan himoya qilinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

St. Lawrence Suv yoʻli qurilganidan soʻng Yuqori koʻldagi barcha koʻllararo transport harakati hech boʻlmaganda Whitefish Point yaqinidan oʻta boshlagan.

Bir vaqtning oʻzida bir nechta kemalarni choʻkishiga sabab boʻlgan boʻronlar qatoriga 1905-yil noyabr oyidagi Mataafa boʻroni va 1913-yildagi Great Lakes Storm boʻronlari kiradi.

Oradan asrlar oʻtgan boʻlsa ham suvning chuchukligi va sovuqligi tufayli choʻkkan kemalarning holati suv ostida anchagina yaxshi saqlangan[7]. Buyuk koʻllardagi kemalar qabristoni haqida hujjatli film ham ishlangan boʻlib, uning bir qismi Apple TV ga joylangan[8][9].

Choʻkkan kemalar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 129 kemasi
  • Independence kemasi
  • Lambton kemasi
  • Miztec kemasi
  • John M. Osborn kemasi
  • SS Comet kemasi
  • SS Cyprus kemasi
  • SS D. M. Clemson kemasi
  • SS Edmund Fitzgerald kemasi

Huddi shunga oʻxshash joy Huron koʻli sohili atrofidagi 1,160 km.kv lik „Choʻkkan kemalar Vodiysi“ boʻlib, u yerdagi choʻkkan kemalar soni 200 taga yaqin hisoblangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andric, Marija „These True Stories Behind the Shipwrecks on Lake Superior Will Give You Goosebumps“. Reader's Digest (2022-yil 8-noyabr). 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  2. Stonehouse, Frederick. Lake Superior's Shipwreck Coast. Gwinn, Michigan: Avery Color Studios, 1998 — 267 bet. ISBN 0-932212-43-3. 
  3. „Lake Superior's 'Shipwreck Coast' a watery graveyard“. Twin Cities Pioneer Press (2012-yil 31-avgust).
  4. „Near Paradise in Chippewa County, Michigan — The American Midwest (Great Lakes)“.
  5. „This is what the Graveyard of the Great Lakes look like“. Earthly Mission (2021-yil 23-aprel).
  6. Lynch, Peter (March 20, 2008). „The origins of computer weather prediction and climate modeling“. Journal of Computational Physics. 227-jild, № 7. 3431–3444-bet. Bibcode:2008JCoPh.227.3431L. doi:10.1016/j.jcp.2007.02.034.
  7. „Detroit Free Press. April 1, 2019.“.
  8. „Apple TV“ (2021).
  9. „Documentaries Graveyard of the Great Lakes“. Detroit Free Press (2019-yil 1-aprel).