Burchakli pardozlash mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
bolgarka yordamida tosh plitada profil kesish jarayoni

Burchakli pardozlash mashinasi (BPM), so'zl. bolgarka — tosh, temirdan va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlarni kesish, pardozlash va tozalash uchun mo'ljallangan, elektrasbob, turli xil pardozlovchi mashinalarning bir turi. Qurilish va metalga ishlov berishda foydalanadi.

Cite error: Closing </ref> missing for <ref> tag</ref></ref></ref>== Moslama ==

GWS24230.jpg
AngleGrinder.jpg

Korpus formasi tslindrni eslatadi. Ko'pincha nasatkani maxkamlash qismiga yaqin joyda yonlamacha ushlagichi bo'ladi. BPM ichki qismi universal kollektorli dvigatel (UKD), yoqish tugmachasi yoki tortish o'zgartiruvchisi (zamonaviy BPM larda), burchakli tishli uzatma va elektrodvigateldan tashkil topgan. Ba'zi modellar burchak tezligi moslashtiruvchisi bilan jihozlangan.


Nasatka sifatida BPM shpindeliga rezbali qotiruvchilar bilan maxkamlanuvchi maxsus disklar (aylana) va sho'tkalar ishlatiladi. Odatda shpindel tashqi M14 rezbali bo'ladi. Shyotka ichki rezbaga ega bo'lib, bevosita shpindelga qotiriladi. Aylanalar teshik orqali siquvchi gayka yordamida qotiriladi.

Anjomlar[tahrir]

Burchakli pardozlash mashinasida ishlash uchun foydalaniladigan disklar

Turli materiallar, xususan, po'lat, alyumin qotishmalar, tosh, keramik plita va h.k. larga ishlov berish uchun aylanalar mavjud. Odatda aylana tarkibi uni faqat bitta materialda qo'llash imkoniyatini beradi.

Sho'tkalar yuzalarni kirlar masalan, chirk va bo'yoqdan tozalash uchun ishlatiladi. Sho'tka tishlari po'lat va latundan tayyorlanadi. Latun sho'tkalar yumshoq va tez yediriladi, lekin ular uchqun chiqarmaydi va po'lat yuzalarda iz qoldirmaydi.

«Bolgarka»ning nomlanish tarixi[tahrir]

Ushbu asbobning so'zlashuv nomi — «bolgarka» — SSSRda 1970-chi yillarda, uning birinchi namunalari paydo bo'lganda yuzaga kelgan. Aynan Bolgariyaning Plovdiv shahridagi «Eltos-Bolgarka» zavodida ishlab chiqarilishi uning nomlanishiga sabab bo'lgan.

Havolalar[tahrir]