Boshlangʻich rubob darsligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshlangʻich rubob darsligi
Muallif(lar) Qobiljon Usmonov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i musiqa
Nashr etilgan sanasi 1975
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Sahifalar soni 151

„Boshlangʻich rubob darsligi“ — oʻzbek musiqachisi Qobiljon Usmonov qalamiga mansub rubob chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma. Ilk bor 1975-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1] 1995-yil qayta nashr qilingan. Qoʻllanma maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi musiqa toʻgaraklari hamda musiqa bilim yurtlari uchun moʻljallangan.

Qoʻllanma uch qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda asbobning kelib chiqishi va uni chalishni oʻrganish metodlari haqida soʻz yuritiladi; ikkinchi qismdan mashqlar, gammalar va etyudlar oʻrin olgan; nihoyat, yakuniy qismda rubob uchun maxsus yozilgan asarlar keltirilgan.

Qoʻllanmani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: L. Qoʻldoshev, H. Ahmadjonov — muharrirlar, H. Ahmadjonov — badiiy muharrir, A. Osheyko — musiqa rassomi, T. Skiba  — texnik muharrir, D. Abdullayeva — musahhih. Kitob adadi — 10 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Boshlangʻich rubob darsligi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.