Blas Pérez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blas Antonio Miguel Pérez Ortega (talaffuzi: Blas Antonio Migel Peres Ortega; 1981-yil 13-martda Panamada tugʻilgan) — panamalik hujumchi. U Panama terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Blas Pérez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Blas Antonio Pérez Ortega
Tavallud sanasi 13-mart 1981-yil (1981-03-13) (43 yosh)
Tavallud joyi Panama
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2000 Panamá Viejo 56 (37)
2001—2002 Árabe Unido 36 (10)
2002 Nacional 2 (0)
2003 Envigado 29 (6)
2004 Centauros 37 (29)
2005—2006 Deportivo Cali 54 (20)
2006—2007 Cúcuta Deportivo 33 (15)
2007—2008 Hércules 16 (4)
2008—2012 UANL 31 (8)
2009 → Pachuca (ijara) 19 (7)
Milliy terma jamoa
2001—2018 Panama 122 (42)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blas Pérez faoliyatini „Panamá Viejo“ futbol klubida boshlagan. 1998-yilda u asosiy jamoada debyut qilgan va jamoa safida 56 oʻyinda 27 ta gol urgan.

Blas Pérez 2007-yil 29-mayda ispaniyaning „Hércules“ futbol klubi oʻtgan va 4 yillik shartnoma imzolagan[1]. Transfer summasi 2,7 million dollarni tashkil qilgan. Blas Pérez Ispaniyada bir mavsum oʻtkazgan va 16 uchrashuvda 4 gol urgan.

2012-yilda Blas Pérez MLS „Dallas“ bilan shartnoma imzolagan[2]. 11-mart kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. 18-mart kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u oʻzining birinchi golini urgan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blas Pérez Panama terma jamoasidagi debyutini 2001-yilda Gvatemalaga qarshi oʻtkazgan[5]. Oʻsha yilning 6-sentyabr kuni Gvatemalaga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi debyut golini kiritgan. 2007-yilda milliy terma jamoa tarkibida u AQShda boʻlib oʻtgan CONCACAF Oltin Kubogiga yoʻl olgan[6]. Turnirda u Gonduras, Kuba, Meksika va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7]. Gonduras, amerikaliklar va kubaliklarga qarshi bahslarda Blas Pérez uchta gol urgan[8].

2009-yilda Blas Pérez ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[9][10]. Nikaragua, Gvadelupa, Meksika va AQSh jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan[11]. Ikki yil oldin boʻlgani kabi, u AQSh, Meksika va Nikaragua darvozasiga uchta gol urgan[12].

2011-yilda u uchinchi marta CONCACAF oltin kubogiga yoʻl olgan va u yerda Gvadelupa, AQSh, Kanada va El Salvador jamoalariga qarshi bahslarda qatnashgan[13][14]. Gvadalupeliklar bilan oʻyinda futbolchi gol urgan[15][16].

2013-yilda u terma jamoaga CONCACAF oltin kubogi finaliga chiqishga yordam bergan[17][18]. Turnirda u Meksika, Martinika, Kanada, AQSH va Kuba terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19][20][21].

2015-yilda Blas Pérez CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan[22][23]. Gaiti, Gonduras, Trinidad va Tobago va AQSh terma jamoalari bilan boʻlgan oʻyinlarda maydonga tushgan. Amerikaliklarga qarshi bahsda gol urgan[24][25].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Panamá Viejo Panama bayrogʻi Panama 1997—2001 56 37
Árabe Unido 2001—2002 36 10
Nacional Urugvay bayrogʻi Urugvay 2002 2 0
Envigado F. C. Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2003 29 6
Centauros Villavicencio 2004 29 29
Deportivo Cali 2005—2006 59 22
Cúcuta Deportivo 2006—2007 44 23
Hércules Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2007 16 4
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2008 31 8
Pachuca 2009 26 7
Al Wasl BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2009 8 4
San Luis Meksika bayrogʻi Meksika 2010 18 5
León 2010—2011 30 19
Indios 2011 12 3
FC Dallas AQSH bayrogʻi AQSh 2012—2015 110 42
Vancouver Whitecaps Kanada bayrogʻi Kanada 2016 27 3
Árabe Unido Panama bayrogʻi Panama 2017 2 2
Blooming Boliviya bayrogʻi Boliviya 2017 10 4
CSD Municipal Gvatemala bayrogʻi Gvatemala 2017—2018 20 5
Árabe Unido Panama bayrogʻi Panama 2018 15 10
Umumiy faoliyatida 689 284

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Blas: A Panamanian trailblazer“. FIFA.com (2007-yil 2-avgust). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-mart.
  2. „Blas Pérez jugará con el FC Dallas“ (es). MedioTiempo (3 de enero de 2012). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  3. „Даллас VS. Нью-Йорк Ред Буллз 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 11-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  4. „Даллас VS. Портленд Тимберс 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 18-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Мексика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2007-yil 13-iyun). 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  6. „Панама VS. Гондурас 3:2“ (en). soccerway.com (2007-yil 8-iyun). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  7. „Панама VS. Кубы 2:2“ (en). soccerway.com (2007-yil 10-iyun). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  8. „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 16-iyun). 2017-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  9. „Панама VS. Никарагуа 4:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 12-iyul). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  10. „Мексика VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 10-iyul). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  11. „Панама VS. Гваделупа 1:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 5-iyul). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  12. „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 19-iyul). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  13. „Панама VS. Гваделупа 3:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 8-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  14. „Панама VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 20-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  15. „Канада VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-iyun). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  16. „США VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  17. „Мексика VS. Панама 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  18. „Панама VS. Мартиника 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-iyul). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  19. „Панама VS. Куба 6:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 20-iyul). 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  20. „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  21. „США VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  22. „Панама VS. Гаити 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  23. „Панама VS. США 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyul). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  24. „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  25. „Тринидад и Тобаго VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.