Björk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Björk
Foto
Tugʻilgan paytidagi ismi: Björk Guðmundsdóttir
Tavalludi sanasi: 21 noyabr 1965
Tavalludi joyi: Reykyavik
Fuqaroligi: Islandiya bayrogʻi Islandiya
Faoliyat yillari: 1977 — bugun
Ampluasi: vokalchi
bastakor
Janr: alternative rock, electronica, ambient, pop, trip-hop, jazz
www.bjork.com

Björk (toʻliq ismi — Björk Guðmundsdóttir; talaffuzi — Byork Gudmundsdottir, 1965-yil, 21 noyabr kuni Reykyavik, Islandiyada tugʻilgan) — islandiyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor va qoʻshiq matnlari muallifi, aktrisa, koʻpgina mukofotlarning sohibi. Uning qoʻshiqlarini turli xil janr va uslublarga kiritishadi, ular ichida: pop, trip-hop, alternative rock, jazz, electronica, etnika va mumtoz musiqa.

Mundarija

[tahrir] Björk kinoda

2000-yili Lars von Trierning "Qorongʻida raqsga tushuvchi" filmi chiqadi (ingl. Dancer in the Dark), u yerda Björk bosh rolni ijro etadi va "Selmasongs" nomli saundterkini yozadi. Film Kann kinofestivalida — "Oltin palma shoxi"ga sazovor boʻladi, Björkning oʻzi esa "Eng yaxshi aktrisa" sifatida festivalning sovgʻasini oladi.

[tahrir] Shaxsiy hayot

Björkning ikki farzandi bor — qiz Ísadóra (Isadora, 2002, otasi — Matthew Barney) va oʻgʻil Sindri (Sindri Eldon Þórsson, 1986, otasi — Þór Eldon, Sugarcubesning sobiq ishtirokchisi).

Björk koʻp martalab paparassilar ustidan shikoyat qilgan. 1996-yili u Tailand aeroportida oʻz oʻgʻliga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan deb hisoblagan jurnalistga hujum qilgan. Oʻsha 1996-yilning oʻzidayoq Ricardo Lopez ismli ruhiy kasal amerikalik muhlisi Björk uchun bombaning tayyorlanish jarayonini suratga oladi va unga pochta orqali yuboradi. 20 soatlik videoning ohirida u kamera oldida oʻziga qarata oʻq uzadi. Björkning hayoti posilkani qoʻshiqchiga yuborilishdan oldin topa olgan politsiya reaksiyasi tufayli saqlanib qolinadi. Aynan shu voqea taʼsiri ostida Björk 1997-yili uning ijodida burilish yasagan "Homogenic" albomini yozadi.[1][2].

[tahrir] Björk ismi

"Björk" bu haqiqiy ism, sahna taxallusi yoki familiya emas. Islandlarning umuman familiyalari yoʻq. Islandiyada insonni uning ismi bilan (tugʻilgan paytida berilgan) qoʻshib otasining ismini (ayrim hollarda onasining) aytishadi. "Guðmundsdóttir" — bu "Guðmundsdóttirning qizi" degan maʼnoda.

"Björk" soʻzining oʻzi (toʻgʻri talaffuzi "byork") island tilida "qayin" maʼnosini beradi.

[tahrir] Yakkahon diskografiyasi

[tahrir] Studiyaviy albomlar

[tahrir] Saundtreklar

[tahrir] Remikslar termalari

  • Telegram (1997, remikslar albomi)
  • Army of Mixes (2005)

[tahrir] Telegram

Bu remikslar albomi 1997-yili chiqarilgan Post albomidandir.

[tahrir] Taronalar roʻyhati
  1. Possibly Maybe (LFO)
  2. Hyper-Ballad (Brodsky Quartet)
  3. Enjoy (Outcast)
  4. My Spine (Evelyn Glannie)
  5. I Miss You (Dobie)
  6. Isobel (Deodato)
  7. You’ve Been Flirting Again
  8. Cover Me (Dalinja)
  9. Army Of Me (Graham Massey)
  10. Headphones (Mika Vainid)

[tahrir] Havolalar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар