Bilal Bilalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bilal Bilalov
Tavalludi 30-dekabr 1962-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi aktyor, rejissyor, ssenariynavis
Faoliyat yillari 1982

Bilal Shevket oʻgʻli Bilalov (krimskotat. Bilâl Şevket oğlu Bilâlov, Bilyal Shevket ogʼlu Bilyalov, ukr. Bіlyal Shevketovich Bіlyalov, 1962-yil 30-dekabr, Toshkent) – sovet va ukrainalik aktyor, rejissyor va ssenariynavis. Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatri direktori (1998–2018). Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2006).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilal Sheveket oʻgʻli 1962-yil 30-dekabrda Toshken shahrida qrim-tatarlar oilasida tavallud topgan. 1984-yil Toshkent sanʼat institutini va 1992-yil Moskvadagi Rossiya sanʼat tarixi institutini tugatgan[1].

1982–1984-yillarda drama toʻgaragi rahbari boʻlib ishlagan. 1986–1987-yillarda Maksim Gorkiy nomidagi Fargʻona drama teatri hamda 1987–1989-yillarda "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi qoshidagi kinostudiya teatri aktyori boʻlgan[2].

Bilalov 1989-yildan Qrim-tatar musiqali drama teatrida ishlay boshlagan. Dastlab aktyor va rejissyor boʻlgan. 1991-yildan bosh rejissyor, 1994-yildan badiiy rahbar, 1998-yildan rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan. Bilalov ishtirokida Nikolay Gogol, Lesya Ukrainka, Anton Chexov, Aleksandr Pushkinning pyesalari birinchi marta qrim-tatar tilida sahnalashtirilgan. „Zamonaviy Ukraina ensiklopediyasi“da Bilalovning quyidagi tavsifi berilgan: „Bilalovning rejissyorlik ishlari keskin ijtimoiy mavqe, siyosiy intilish, joʻshqin badiiy shakl, ichki dinamizm, yuksak, romantik uslubga intilish bilan ajralib turadi. Aktyor Bilalov oʻtkir dinamizmni portlovchi temperament bilan uygʻunlashtiradi“.

Bilal 2018-yilning yozida Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatri direktori lavozimidan ozod etilgan[3]. Bilalovning soʻzlariga koʻra, uning isteʼfosi noqonuniy boʻlgan, uzoq oʻylangan sabablarga koʻra amalga oshirilgan va buning ortida Rossiya Davlat Dumasi deputati Ruslan Balbek turgan[4]. Bilal isteʼfoga chiqqanidan soʻng teatr aktyorlarining bir qismi norozi boʻlib KAMDTni tark etishgan va „Oltin beshik“ teatriga asos solishgan[5][6].

Aktyor bir qator konsert dasturlarini, jumladan, 1995-yilda Qrim-tatar xalqi deportatsiyasining 50 yilligiga bagʻishlangan „Qrim tatarlarining Yaltadagi madaniyat kunlari“ rekviyem kechasini tashkil etishda ishtirok etgan. „Qrimskiy kovcheg“[7] festivali tashkilotchilaridan biri. „Guzel Qrim“ spektakli muallifidir (2001-yil).

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilalov 2001-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[8], 2006-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist, 2001 va 2005-yillarda Ukraina Prezidentining minnatdorchiligi[9] va 2014-yilda Panas Saksaganskiy mukofoti sohibi boʻlgan[10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilalning oʻgʻli Shevket Bilalov bastakor va I. P. Kotlyarevskiy mukofoti laureati boʻlgan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Алиев Алим. „Билял Билялов будет работать и на пенсии“ (ru) (deadlink). Авдет (2008). 2022-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  2. Кандимов Ю. У. „Білялов Білял Шевкович“ (uk). Енциклопедія Сучасної України (2003). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  3. „Главу Крымскотатарского театра снимают с должности“ (ru). avdet.org (2018-yil 7-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  4. Никифоров Вадим. „Конфликт в Крымскотатарском театре дошел до суда“ (ru). kommersant.ru (2018-yil 13-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  5. „Независимый крымскотатарский театр "Алтын бешик" работает без бюджетного финансирования“ (ru) (deadlink). ctrcenter.org (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  6. „После срыва спектакля крымскотатарские актеры спели под открытым небом“ (ru). avdet.org (2019-yil 28-yanvar). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  7. Макаров Артур. „Билял Билялов отмечает полвека. Да здравствуют 50!“ (ru) (deadlink). 1k.com.ua (2012). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  8. „Про нагородження працівників культури і мистецтва“ (uk). Верховна Рада України. Законодавство України. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  9. „Билял Билялов“ (ru) (deadlink). kirimtatar-teatri.org. 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  10. „Премія імені Панаса Саксаганського“ (uk). nstdu.com.ua. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  11. Стенько Ольга. „Наймолодшому лауреату премії Котляревського-2017 лише вісімнадцять років“ (uk). poltava365.com. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.