Benzinli keskich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benzinli keskich — yonilgi sifatida benzin yoki kerosin ishlatiladigan metall kesish apparata. Suyuq yonilgʻi idishi, keskich, yonilgʻi va kislorod uzatish shlanglaridan iborat. Bakda ortiqcha bosim hosil qiluvchi dastaki havo nasosi oʻrnatilgan; uning yordamida keskichga yonilgʻi beriladi. Kislorod ballonidan 3 atmosfera bosim bilan keladigan kislorod maxsus kamerada benzin (yoki kerosin) bugʻlariga qoʻshilib, yonuvchi aralashma hosil qiladi. Shu aralashma keskich teshigidan chiqib yoiadi va metallni kesadi. Benzinli keskich qalinligi 300 mm gacha boʻlgan metallarni kesishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil