Bashō

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matsuo Basyo
Basho by Buson.jpg
Buson: Basyo surati
Tugʻilgandagi ismi: Munefusa
Tavallud sanasi: 1644
Tavallud joyi: Andoza:Ap5, Iga provinsiyasi (hozirgi — Mie, Yaponiya)
Vafot sanasi: 12.10.1694
Vafot joyi: Osaka
Fuqaroligi: Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Faoliyat turi: Andoza:Shoir
Asarlari tili: yapon

Matsuo Basyo (yap. 松尾芭蕉 (taxallus); balogʻatga yetganda — Munefusa (yap. 宗房); yana bir ismi — Dzinsitiro (yap. 甚七郎)) (1644, Ueno, Iga provinsiyasi, — 12.10.1694, Osaka) — buyuk yapon shoiri, xaykay sheʼriyat janri vujudga kelishida muhim oʻrin egallagan sheʼriyat nazariyachisi[1][2].

Samuray oilasida tavallud topdi. 1664-yildan Kiotoda sheʼriyatni oʻrgandi. 1672-yildan Edoda (hozirgi Tokio) davlat xizmatida boʻldi, keyinchalik sheʼriyat oʻqituvchisi. Zamondoshlari orasida Matsuo, birinchi navbatda, renga ustasi sifatida shuhrat qozondi. Basyo — xokku janri va estetikasi yaratuvchisi. Uning uslubida — nafis oddiylik, uygʻunlik, goʻzallik uygʻunligi, tinchlik monandligiga erishish chuqurligi[3].

1680-yillarda Basyo Dzen buddiylik maktabi falsafasiga amal qilgan holda oʻz ijodining asosiga "yashnash" tamoyilini qoʻydi. Basyoning sheʼriy merosi oʻzi va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan 7 ta antologiya bilan ifodalandi: «Qish kunlari» (1684), «Yoz kunlari» (1686), «Xarobaga aylangan dala» (1689), «Qovoq-gʻurrak» (1690), «Maymunning malla plashi» (1-kitob, 1691, 2-kitob, 1698), «Koʻmir xalta» (1694), sheʼrlar bilan biriktirilgan nasr bilan yozilgan lirik kundaliklar (ulardan mashhurroq boʻlganlari — «Shimol soʻqmoqlari boʻylab»), shuningdek kitob va sheʼrlarga muqaddimalar, sanʼat haqidagi fikr va gʻoyalari va sheʼriy ijodkorlik jarayoniga qarashlari bilan oʻrtoqlashgan xatlari. Basyo sheʼriyati va estetikasi oʻrta asrlar va Hozirgi Zamon yapon adabiyoti rivojiga taʼsir koʻrsatdi[1].

Basyo sharafiga Merkuriydagi Andoza:Ap5 nomlangan[4].

Tarjimai holi[tahrir]

Basyo badavlat boʻlmagan Matsuo Yodzaemonning (yap. 松尾与左衛門) samuray oilasida dunyoga keldi, uning uchinchi farzandidir. Boʻlgʻusi shoirni Kinsaku, keyinchalik Xansiti, Tositiro, Tyuemon, keyinroq esa — Dzinsitiro dem atashardi[5]. Boʻlgʻusi shoirning otasi va katta akasi badavlatroq samuraylarning xonadonlarida kalligrafiyadan saboq berar edilar, u uyidanoq yaxshi taʼlim oldi. Yoshligida Du Fu kabi xitoy shoirlari bilan qiziqdi. Oʻsha paytlarda kitoblar oʻrta qoʻldagi zodagonlarning ham qoʻli yetadigan sharoitda edi. 1664-yildan Kiotoda sheʼriyatni oʻrgandi. Mashhur va badavlat samuray Todo Yositadining (yap. 藤堂良忠) xizmatida boʻldi, soʻngra u bilan xayrlashib Edoga (hozirgi Tokio) yoʻl oldi. U yerda 1672-yildan boshlab davlat xizmatida boʻldi. Lekin shoir uchun amaldor hayoti toqat qilib boʻlmas darajada edi, u sheʼriyat oʻqituvchisi boʻladi.

Basyo xushbichim, nafis yuzli, moʻylovi qalin va burni turtib chiqqan, boʻyi uncha baland boʻlmagan qaddi-qomati kelishgan inson boʻlgan deb hisoblanadi. Buddistlarda qabul qilingani kabi u boshini qirtishlab yurardi. Uning sogʻligʻi zaif edi, u butun hayoti davomida meʼda buzilishidan qiynalgan. Shoirning xatlaridan taxmin qilish mumkinki, u xotirjam, xolis, noodatiy gʻamxoʻr, saxiy va tugʻishganlari va doʻstlari bilan munosabatida vafodor inson boʻlgan. Shunga qaramasdan, u butun hayoti davomida qashshoqlikdan qiynalgan, Basyo, haqiqiy faylasuf-buddiy sifatida, bu holatga deyarli ahamiyat bermagan.

Edoda Bayso shogirdlaridan biri tomonidan hadya etilgan oddiy kulbada yashadi. Uy oldida oʻz qoʻllari bilan banan ekdi. Aynan mana shu narsa shoirga "banan" (yap. 芭蕉 basyo:?) taxallusini bergan deb hisoblanadi. Banan palmasi Basyo sheʼrlarida bir necha bor eslab oʻtiladi:

Iga provinsiyasidagi taxminiy Basyo tugʻilgan joy
Yaponiyaning Otsu shahridagi Basyo qabri (Siga prefekturasi)
Yaponiyada Basyoga yodgorlik
* * *
Men banan ekdim -
Endi supurgi oʻt novdalari
Menga qarshi bo‘lib qoldilar
* * *
Banan shamoldan qanday ingraydi,
Kadkaga (yoni tik yogʻoch bochka) tomchilar qanday tushadi,
Men butun kech tinmay eshitaman.
Vera Markova tarjimasi

1682-yil qishda syogun poytaxti Edoda yana bir marotaba yirik yongʻin qurboni boʻldi. Biroq bu yongʻin "Banan bargi makoni" — shoir turar joyini xarobaga aylantirdi, Basyoning oʻzi yongʻinda halok boʻlishiga oz qoldi. Shoir uyidan mahrum boʻlgani uchun juda qaygʻurdi. Kai provinsiyasiga qisqa muddatli safardan soʻng, u Edoga qaytdi va shogirdlari yordamida 1683-yil sentabrida yangi kulba qurdi va yana banan ekdi. Lekin bu harakati faqat oʻtmishga ramziy qaytish edi. Shu kundan boshlab hayotining oxirigacha u sayohatchi shoir boʻldi.

* * *
Kuylovchi toʻrgʻaylar tepada,
Men osmonda dam olish uchun oʻtirdim, -
Dovonning eng choʻqqisida.
Vera Markova tarjimasi

Oʻz kulbasini yoʻqotgan Basyo endilikda bir joyda uzoq vaqt qolishni istamaydi. U yolgʻiz sayohat qiladi, baʼzida esa bir yoki ikkita eng yaqin shogirdlari bilan, shoirning shogirdlar boʻyicha yetishmovchiligi boʻlmagan. Zarur nonni qidirib sayyor yurgan oddiy kambagʻalga oʻxshashligi uni koʻp ham qiziqtirmas edi. 1684-yil avgustda u oʻzining shogirdi Tiri hamrohligida, 40 yoshida oʻzining birinchi sayohatiga joʻnadi. Oʻsha davrlarda Yaponiya boʻylab sayohat qilish huda qiyin edi. Koʻp sonli darvozalar va cheksiz pasport tekshiruvlari yoʻlovchilarga ancha ovoragarchiliklar tugʻdirardi. Lekin shuni oʻylash kerakki, bu toʻsiqlardan oʻtish uchun Basyo yetarli darajada aqlli va mashhur edi. Uning yoʻl kiyimi quyidagilardan iborat edi: katta toʻqilgan shlyapa (odatda ruhoniylar kiyib yurgan) va ochiq-jigar rang paxtadan qilingan plash, boʻynida toʻrva, qoʻlida esa, hassa va 108 ta marjonli tasbeh osilib turardi. Sumkasida ikki-uchta xitoy va yapon antologiyalari, fleyta va kickinagina yogʻochdan yasalgan zang yotardi. Bir soʻz bilan u budda ziyoratchisiga oʻxshardi.

Tokaydo asosiy yoʻli boʻylab bir necha kunlik safaridan soʻng, Basyo va uning hamrohi Ise provinsiyasiga keldilar, u yerda Quyoshning sintoiya maʼbudasi Amaterasu Omikamiga bagʻishlangan Ise daydzingu afsonaviy ibodatxona majmuasiga taʼzim qildilar. Sentabrda ular Basyo vatani Uedoda boʻldilar, u yerda shoir akasi bilan koʻrishdi va ota-onasining vafoti haqida xabardor boʻldi. Keyin Tiri uyiga qaytadi, Basyo esa Yamato, Mino va Ovariga sayohatlaridan keyin yana Uenoga keladi, u yerda yangi yilni kutib oladi va yana Yamato, Yamasiro, Omi, Ovari va Kaiga safar qiladi va aprelda oʻz istiqomatgohiga qaytadi. Basyoning sayohati uning uslubining tarqalishiga xizmat qildi, chunki hamma joyda shoir va zodagonlar uni oʻz uyiga mehmonga taklif etardilar. Basyoning nozik sogʻligi uning izdoshlari va shogirdlarini qaygʻurishga majbur etardi, va ular u uyiga qaytganda yengil nafas oldilar.

Basyo oʻz hayotining oxirigacha tabiat goʻzalliklaridan kuch toʻplab sayohat qildi. Uning izdoslari uning ortidan olomon boʻlib yurardilar, hamma yerda uni qadrlovchi kishilar — dehqon va samuraylar kutib olardilar. Uning sayohatlari va uning zakovati Yaponiyada juda ommabop boʻlgan yana bir sheʼriy janr — X asrda yuzaga kelgan yoʻl kundaliklari janriga yangi ravnaq berdi. Basyoning eng yaxshi kundaligi "Oku no xosomiti" ("Shimol soʻqmoqlari boʻylab") hisoblanadi. Unda Basyoning Sora ismli shogirdi bilan 1689 yilda boshlangan va bir yuz oltmish kun davom etgan eng uzoq davom etgan safari bayon etiladi. 1691-yilda u yana Kiotoga joʻnadi, uch yil keyin yana ona vataniga bordi, keyin esa Osakaga keldi. Bu sayohat uning uchun oxirgisi boʻldi. Basyo ellik bir yoshida vafot etdi.

Sheʼriyat[tahrir]

Basyo oʻzining Yaponiya boʻylab sayohati toʻgʻrisidagi hikoya sarlavhasini Andoza:Нп5 deb nomladi. Oʻz kulbasida bir yil bamaylixotir oʻylagandan keyin 1687-yilda Basyo oʻzi va shogirdlarining "Yoz kunlari" (yap. 春の日 xaru no xi?) nomli sheʼrlar toʻplamini chiqaradi. Dunyo shu orqali shoirning eng buyuk sheʼriy asari — "Eski hovuz"ni koʻradi. Bu yapon sheʼriyati tarixining muhim davridir. Bu sheʼriy asar haqida Yamaguti Moiti oʻzining "Impressionizm yapon sheʼriyatining ustunlik qiluvchi yoʻnalishi" nomli ilmiy ishida shunday yozadi: "Yevropalik tushuna olmadi, bu yerda qanday goʻzallik va hatto qanday maʼno bor, va yaponlar shunday narsalarga qoyil qolishiga hayron boʻldi. Shu bilan birga yaponiyalik bu sheʼriy asarni tinglagan paytda uning hayoli insonlar shovqini bormaydigan shahardan uzoqdagi asrlik daraxtlar bilan oʻralgan qadimiy budda ibodatxonasiga ketib qoladi. Bu ibodatxonada odatda uncha katta boʻlmagan, oʻz navbatida, oʻz afsonasiga ega boʻlishi mumkin boʻlgan hovuz mavjud. Yoz kuni qosh qorayotgan paytda hozirgina oʻzining ilohiy kitoblaridan uzoqlashgan budda tarki dunyochisi tashqariga chiqadi va oʻychan qadamlar bilan ushbu hoviz oldiga keladi. Atrof jim-jit, shunday jim-jitki, hatto baqaning suvga qanday sakragani ham eshitiladi…»

古池や
蛙飛び込む
水の音

фуру икэ я
кавадзу тобикому
мидзу но ото


Eski hovuz!
Qurbaqa sakradi.
Suv sachrashi.

T. P. Grigoreva tarjimasi

Bu qisqa sheʼriyat shaklining bir qancha qoidalari nuqtai-nazaridan (Basyo ularni buzishdan hech qachon qoʻrqmagan boʻlsa ham) nafaqat bu sheʼrning bekamu-koʻstligi, balki chuqur maʼnosi, Tabiat goʻzalligining asosiy mohiyati, shoir qalbi va oʻrab turuvchi dunyoning tinchligi va uygʻunligi bu xaykuni sanʼatning buyuk asari deb hisoblashga majbur qiladi.

Basyo anʼanaviy marukekatombo yoʻli, yaʼni yashirin fikrlarni qidirish usulini unchalik yaxshi koʻrmasdi. Basyo bu sheʼriy misrada mono-no avare, yaʼni — "maʼyus joziba"ni ifodalaydi, deb hisoblanadi.

Basyo oddiy qiyofada haqiqiy goʻzallik yashiringan boʻladi, deb hisoblar edi, va shogirdlariga "Sunagava daryosiga oʻxshagan kichik" sheʼrlarga intilaman deb aytadi.

Basyo sheʼriyatining falsafiy va estetik tamoyillari[tahrir]

Sh. qarang[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Grigoreva T., Logunova V. Yapon adabiyoti, M., 1964
  • V. V. Sokolova, V. Orlov Yapon lirikasi, Zamonaviy adabiyotshunos, 1999
  • Abe Kimio Matsuo Basyo, Tokio, 1961
  • Xirota Dziro Basyo no geydzyutsu, Tokio, 1968
  • Makoto Uoda Matsuo Basho, N. Y., 1970

Nashrlar[tahrir]

  • Basyo. Lirika / Vera Markova tahriri ostida. — M.: Bad. adab., 1964.
  • Bryusov V. Ya. Sheʼrlar 1909—1917. Sheʼriy toʻplam. — T. 2. — M.: Badiiy adabiyot, 1973.
  • Basyo. Ush misrali sheʼr / Vera Markova tahriri ostida // Hindiston, Xitoy, Koreya, Vyetnam, Yaponiya klassik sheʼriyati. — Butundunyo adabiyot kutubxonasi. — Birinchi seriya. T. 16. — M.: Bad. adab., 1977. — S. 739—778.
  • Breslavets T. I. Matsuo Basyo sheʼriyati. — M., 1981. — 152 s.
  • Basyo, Buson, Issa. Yozgi oʻt-oʻlanlar. Yaponcha uch misralik sheʼr / V/ Markova tahriri ostida; muqadd. V. S. Sanovich ishtirokida V. N. Markova; matnni tuzuv. va tayyor. V. S. Sanovich; izohl. V. N. Markova, V. S. Sanovich. — M.: Толк, 1995. — 318 s. ISBN 5-87607-001-7
  • Monzeler G. O. Matsuo Basyo. Kamginada buyuklik. — Andoza:SPb.: Kristall, 2000.
  • Dolin A. Matsuo Basyo. Sheʼrlar, nasr. — Giperion, 2002.
  • Sokolova-Delyusina T. Matsuo Basyo. Sheʼrlar, nasr. — Andoza:SPb.: Giperion, 2002.
  • Breslavets T. I. Yoʻldagi qoʻnoq: Matsuo Basyo sheʼrlari va safari / T. I. Breslavets; Uzoq sharq davlat un-ti, Sharq. in-ti. — Vladivostok: Uzoq sharq un-ti nashriyoti, 2002. — 212 s. (Yapon sheʼriyati kutubxonasi)
  • Sokolov Vladimir Vyacheslavovich. Basyo. Lirika. — Andoza:Koʻp.: Xarvest, 2003.
  • Basyo M. Shimol soʻqmoqlari boʻylab / V. Markova, N. Feldman tahriri ostida. — Andoza:SPb.: Azbuka-klassika, 2007. — 288 s. ISBN 978-5-352-02098-2

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Boronina I. A. Matsuo Basyo // Katta sovet ensiklopediyasi: 30-tomda. — M.: "Sovet ensiklopediyasi", 1969-1978.
  2. Matsuo Basyo // Yaponiya A dan Ya gacha. Ommabop illustratsiyali ensiklopediya. (CD-ROM). — M.: Directmedia Publishing, «Yaponiya bugun», 2008. — ISBN 978-5-94865-190-3
  3. Matsuo Basyo // Katta ensiklopedik lugʻat. — M.: Katta Rossiya ensiklopediyasi, 2000.
  4. Planetary Names: Crater, craters: Bashō on Mercury. Asl nusxadan arxivlandi (2013-05-15). 2013-05-14.
  5. Breslavets T. I. Matsuo Basyo sheʼriyati. — M., 1981. — s. 13

Havolalar[tahrir]