Bahoriy Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahoriy Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mantiqshunos

Bahoriy Nasafiy (arabcha: بهاري النسفي — Bahoriy Nasafiy — Toʻliq ismi: Bahoriy Nasafiy (taxminan XVI asrlarda yashagan) — Mantiqshunos.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoriy Nasafiyning tavallud topgan va [vafot] etgani sanalari haqidagi maʼlumotlar yo‘q. Uning „Sharhi Muammoi Miriy“ nomli asari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Qo‘lyozmalar Muzeyida 707/II raqami ostida saqlanmoqda. Bu asarida u muammo ilmining bilimdoni sifatida namoyon bo‘ladi, Miriy to‘plamida keltirilgan muammolarning yechilish yo‘llarini sharhlaydi. Qo‘lyozma 1585-yilda kotib Husayn ibn Darvish Muhammad tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, qalin Samarqand qog‘oziga mayda nastaʼliq xati bilan bitilgan. Bu asaridan muallifning XVI asrda yashaganligini taxmin qilish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Sharhi Muammoi Miriy". Adabiyotlar: O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 460.