Bachki
Qiyofa
Bachki – 1) oʻsimlik ildizidagi kurtaklardan yoki tana ostidan oʻsib chiqadigan novdalar. B.larning oʻsib chi-qishi tabiiy vegetativ koʻpayishning bir usulidir. Yantoq, pechak, olcha, ol-voli, terak, qayragʻoch, boʻztikan B.lar orqali koʻpayadi. Bunday koʻpayishda oʻsimliklarning tuproq orasidagi po-yasi bilan birga ildizlari ham kurtaklanib, poya chiqaradi; 2) ustki kiyim (chopon, chakmon, yaktak va boshqalar)ning tagi tor kelganda oldi va orqa qismi orqasiga kiritiladigan uloq.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |