Azinlar
Azinlar – tarkibida azot, ikki yoki undan koʻp sonli va turlicha jinsli atomlari boʻlgan olti hadli geterotsi-klik birikmalar. Boshqa halqa tizimlari bilan kondensatlashgan juda koʻp A. ma’lum, A. asos xossasiga ega boʻlib, kis-lotalar bilan ta’sirlanganda tuzlar hosil qiladi. Ba’zi A. tirik organizmlarda uchraydi. Hujayraning tarkibiy qismi boʻlgan nuklein kislotalarda A.ning hosilalari – pirimidin va purin asoslari bor. A. tibbiyotda va boʻyoq sanoatida ishlatiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |