Avtomobil xizmati
Avtomobil xizmati – qurol-aslaha, yonilgʻi, oziq-ovqat tashish uchun moʻljallangan maxsus xizmat turi. Jang qilayotgan qismlarga texnikani tashish va yaradorlarni evakuatsiya qilishda xizmat qiladi. Oʻz avtotransporti boʻlmagan qoʻshinlarni ham tashiydi. Avtomobil xizmati avto-mobil (avtotransport) boʻlinmalari va qismlaridan iborat boʻlib. umumiy armiyaning ma’lum qoʻshin turi tarki-biga kirishi yoki alohida avtomobil qismlaridan tashkil topishi mum-kin. Ba’zi armiyalarda Avtomobil xizmati transport qoʻshinlari deb ham ataladi. Oʻzbekiston Avtomobil xizmati boʻlinmalari uchun ofitser kadrlar Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy-harbiy bilim yurtida tayyorlanadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |