Austin Kleon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Austin Kleon
Tavalludi 16-iyun 1983-yil (1983-06-16) (40 yosh)
Fuqaroligi AQSh[1]
Kasbi Yozuvchi
Veb-sayti austinkleon.com

Austin Kleon (1983-yil 16-iyunda tugʻilgan[2]) – beshta kitobi New York Times nashrining eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatiga kirgan AQShlik yozuvchi[3][4][5].

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yil 16-iyunda Kleon AQShning Ogayo shtati Circleville shahrida tugʻilgan. Kleonning otasi Ohio State University professori, onasi esa maktab direktori boʻlgan[6][2][7].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kleon Ogayo shtatidagi Mayami universitetida tahsil olgan[7].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kleon oʻz faoliyatini Ogayo shtati Cleveland shahridagi jamoat kutubxonasida boshlagan. Kutubxonada ishlayotgan davrida, internetda turli xil sheʼrlar oʻqib, bloggerlik bilan shugʻullangan va kutubxona foydalanuvchilariga kompyuterdan qanday foydalanishni ham oʻrgatgan[7]. Kleonning birinchi kitobi nashr etilgandan soʻng, u Spring box nomli raqamli marketing agentligida kopirayter lavozimida ishlay boshlagan[7].

Kleonning asarlari oʻndan ortiq tillarga tarjima qilingan va yirik ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kleon oilasi bilan Texas shtatining Ostin shahrida istiqomat qiladi[7].

Kitoblar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Newspaper Blackout (2010)
  • Steal Like An Artist (2012)
  • Show Your Work! (2014)
  • The Steal Like An Artist Journal (2015)
  • Keep Going (2019)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 Shelfari (2013). Austin Kleon. Retrieved from a May 7, 2013 archive of Kleonʼs Shelfari page. Retrieved on February 16, 2017.
  3. Austin Kleon Asks 'Is SXSW Over?' During Keynote Address, Hollywood Reporter, Retrieved March 7, 2014.
  4. „Austin Kleon: books, biography, latest update“. amazon.com. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  5. „Books by Austin Kleon“ (en-US). Austin Kleon. Qaraldi: 2020-yil 12-may.
  6. „Austin Kleon FAQ“. austinkleon.com. Qaraldi: 2019-yil 9-aprel.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Essmaker. „Austin Kleon“. thegreatdiscontent.com (2014-yil 1-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-aprel.
  8. Talk by Austin Kleon, SXSW. Retrieved on March 7, 2014.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]