Astana Arena
| Joyi | Astana |
|---|---|
| Asos solingan | 2009 |
| Qachon ochilgan | 2009 |
| Egasi | Astana PFK |
| Operator | Astana PFK |
| Yuzasi | chim |
| Hajmi | 30,000[1] |
| Maydon oʻlchamlari | 105m x 68m |
| Maydon egalari | |
| Astana | |
Astana Arena — Qozogʻistonning poytaxti Astana shahrida joylashgan stadion. Bu stadion 30 000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Majmua ikki qavatli boʻlib usti yopiladigan stadionlar qatoriga kiradi, birinchi qavatida 16 000 kishi uchun, ikkinchi qavatida 14 000 kishi uchun oʻrindiqlar mavjud.
„Astana Arena“ stadioni 2009-yilning 3-iyulda ochilish marosimi boʻldi va bu stadiondagi ilk oʻyini ham shu kuni Lokomativ (futbol klubi, Astana) bilan Qozogʻistonning yoshlar terma jamoasi orasida qizgʻin oʻyin boʻldi. Bu oʻyinning hakami mashhur italiyalik Perluidji Kollina bo'ldi, to'p bilan esa ilk zarbani Qozog'istonning prezidenti Nursulton Nazarboyev boshlab berdi. Shu ikki komandalarning tarkibida, o'zlarining o'yinchilari bilan birgalikda, mehmondorchilikka chaqirilgan „yuldizlar“ ham o'ynadi. Qozog'istonning yoshlar terma jamoasiga — Gurjiston jamoasining va Italiyaning „Milan“ klubining himoyachisi Kaxa Kaladze va Ukrain jamoasining yarim himoyachisi Andrey Shevchenko, „Lokomotiv“ tarkibida esa — mashhur turk futbolistlari Xasan Shash va Xakan Shukur o'ynadi.