Askar (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Askar“
Ravshan Sobirov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2000
Janr pop
Davomiyligi 4:59
Matn muallif(lar)i Oʻktam Davletov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
Klipi
„Askar“ YouTubeda

Askar“ — oʻzbek xonandasi Ravshan Sobirov ijro etgan qoʻshiq. Dastlab 2000-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Sobirov 2016-yil qoʻshiqni yangicha talqinda ijro etgan[1]. Qoʻshiq soʻzini oʻzbek shoiri Oʻktam Davletov yozgan, kuyini esa Husan Sodiqov bastalagan[manba kerak]. Qoʻshiq lya minor tonalligida ijro etilgan[2]. Qoʻshiq uchun klip suratga olingan. Unda Sobirov askarlar bilan bir qatorda rol oʻynagan.

„Askar“ qoʻshigʻi Sobirov reperturadidagi eng taniqli taronalarning biridir. Tarona Oʻzbekistonda harbiy xizmatni oʻtayotganlar orasida mashhur boʻlib keladi. Xususan, tarona mamlakatda Vatan himoyachilari kunida keng ijro etiladi. Sobirov mazkur bayramda „Askar“ qoʻshigʻini harbiy kiyimda tez-tez ijro qiladi[3]. 2016-yil „Afsonaviy 90“ galakonsertida Sobirov „Askar“ qoʻshigʻini ijro etayotganda sahnaning bir qismi sinib, xonanda qulab tushgan. Sobirov bunga qaramasdan kuylashda davom etgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]