Asbest-sement

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asbest-sement buyumlar — asbest va sement qorishmasidan tayyorlanadigan uqurilish materiallari. Listsimon, quvursimon xillarga boʻlinadi. Tomga yopiladigan shakldor listlar va yassi plitalar hamda plitachalar turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolari tomiga yopishda ishlatiladi. Presslab tayyorlangan va presslanmagan naqshli pardozlash plitalari turar joy va jamoat binolarining yordamchi xonalarini pardozlashda, devor panellariga qoplashda ishlatiladi. Maxsus ishlarga moʻljallangan buyumlarga ventilyatsiya qutilari, issiklik izolyatsiyasini mexanik shikastlanishlardan saqlaydigan yarim silindrlar, metropolitenning gumbazsimon elementlari va b. kiradi. Quvursimon Asbest-sement buyumlarga vodoprovod quvurlari (bosimli va bosimsiz), gaz quvurlari va oʻtish quvurlari kiradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]