Arslon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Sher
Luisvill zooparkida sher erkagi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Arslon, sher (Panthera leo) —mu-shuksimonlar oilasining bir turi. Uz. 240 sm gacha (urg‘ochisi kichikroq), og‘irligi 280 kg gacha. Yuz qismi cho‘ziq, dumining uchida uzun qora qildan ibo-rat popugi bor. Tanasi kalta jun b-n qoplangan, erkaklari tanasining ol-dingi qismi (bo‘yni, ko‘kragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi (jinsiy demorfizm). Rangi sarg‘ish, yoli qoramtir. Qad. areali Afrika (G‘arbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oro-li, Zakavkaze — Armaniston), Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Jan. Osiyo — Sharqda Hindistongacha) o‘z ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qo‘riqlanadigan hududlari va qisman Jan. Osiyodan iborat. A. cho‘l, savanna va daryo yaqinidagi o‘rmonlarda yashaydi. Po-ligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3 — 4 tadan bolalay-di. Homiladorlik davri 4 — 5 oy, 6 -7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. A. kechasi guruh bo‘lib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador A. odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. A. hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil