Argus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Argus — yunon afsonalarida-gi koʻp koʻzli pahlavon, sergak soqchi; koʻzlarining bir nechasi doim ochiq boʻlgan. Gera sigirga aylantirilgan Io (Zevsning sevgilisi)ni qoʻriqlashni A.ga topshiradi. Germes A.ning hamma koʻzlarini uxlatib oʻldiradi va Ioni ozod qiladi. Koʻchma maʼnoda — A. ziy-rak, sergak demakdir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil