Anxel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anxel sharsharasi

Anxel sharsharasi — dunyodagi eng baland sharshara. Sharshara Venesuelaning sharqidagi Churun daryosiga oqib boradi. Anxel sharsharasining umumiy balandligi 979 metrdir. Uzilmasdan pastga tushib boradigan qismining uzunligi boʻlsa 807 metrdir.

Nomlanishi[tahrir]

Anxel sharsharasi Amerikalik pilot Jimmy Angel nomi bilan ataladi.[1][2] Angel sharsharanining ustidan 1935-yil uchib oʻtdi va uni koʻrgan birinchi oq tanli odam boʻldi. Angel bu hududda oltin izlayotgan boʻlgan.

Sharshara ispancha „Salto Ángel“ deb ataladi. Oʻzbekchada „Anxel“ deb nomlash rus tilidan kirib kelgan. Venesuelada mahalliy aholi boʻlmish pemonlar sharsharani „Kerepakupai Vená“ („eng chuqur yerning sharsharasi“) deb atashadi. Shu sabab sharsharaning nomi Kerepakupai Vená boʻlishi kerak deb hisoblovchilar koʻp.

Joylashgan hududi[tahrir]

Sharshara La Gran Sabana deb nomlanuvchi togʻli hududdagi baland qoyadan pastga tushadi. Bu huhudda koʻplagan ulkan va rang-barang qum bilan qoplangan mesalar (usti tekis qirlar) bor. Mesalarning koʻpini oʻtloqlar va tropik oʻrmonlar oʻrab turadi. Baʼzi mesalar 760 metrdan baland. Hududdda baland qoyalar juda ham koʻp. Anxel sharsharasi Auyan-Tepui togʻida joylashgan. Bu togʻ dengiz sathidan 2560 metr balandda joylashgan.

Turizm[tahrir]

Anxel sharsharasi juda koʻp sayyohlarni jalb qiladi. Ammo uning oldiga borish murakkab, sababi sharshara aholi yashaydigan yerlardan olisdagi junglida joylashgan. Bugungi kunda kichik samolotlar sayyohlarni Anxel sharsharasi ustida va atrofidagi hududda aylantiradi. Sharsharaga yana daryoda suv koʻp boʻlgan mavsumda (iyun-dekabr) curiara deb nomlanuvchi qayiqlarda mahalliy gidlar bilan suzib borish mumkin.

Anxel sharsharasi va Auyán-tepui togʻining uzoqdan koʻrinishi

Manbalar[tahrir]

  1. Robert C. Eidt, „Angel Falls“, 2010 World Book Encyclopedia
  2. „Plane Pilot Sights Highest Waterfall in World.“ Popular Science, April 1938, p. 37.

Havolalar[tahrir]