Anton Fokin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anton Viktorovich Fokin (1982-yil, 13-noyabr) - O'zbekistonlik gimnast. Gimnastika bo`yicha 2007-yilgi Jahon Chempionati bronza medali sohibi. Shuningdek, Pekinda bo`lib o`tgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o`yinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok qilib bronza medali sohibi bo`ldi.