Anime tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anime tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anime tarixi 20-asrning boshlariga borib taqaladi, yaponiyaliklar animatsion filmlar yaratish uchun xorijiy texnikaga sezilarli qiziqish bildira boshlagan.

Bundan oldin Yaponiyada animatsiya boʻyicha tajribalar oʻtkazilgan boʻlsa-da, anime bilan bogʻliq boʻlgan birinchi eʼtiborga sazovor ijod Toei tomonidan yaratilgan „Oq ilon afsonasi“ multfilmining namoyishi boʻldi. Otogi nomli birinchi anime seriali esa Otogi Manga Calendar tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu oq-qora tarixiy multfilmlar edi. 1963 — yilda „Manga xudosi“ laqabli Osamu Tezuka, Mushi Productions kompaniyasiga (studiyasiga) asos soldi va oʻzining birinchi „Tetsuwan Atom“ anime seriyasini namoyish etdi. Bu anime „bumining“ boshlanishi edi.

1970-yillarda anime tez oʻzgarib, oʻzining xorijiy ajdodlari bilan aloqalarini uzib, mecha kabi yangi janrlarni keltirib chiqardi. Lupin III yoki Mazinger Z kabi asarlar paydo boʻldi. Koʻp mashhur rejissyorlar, xususan, Xayao Miyazaki, Osamu Dezaki, Yoshiyuki Tomino, Mamoru Oshii va Yoshiaki Kavajiri oʻz faoliyatini shu yillarda boshlashgan.

1980-yillarga kelib, anime va manga Yaponiyada keng tarqalib, oʻzining "Oltin davri"ni boshdan kechirayotgan edi. Gundam siklidan birinchi seriallar chiqdi, Rumiko Takaxashi choʻqqi sari sayohatini boshladi. 1988 — yilda „Akira“ badiiy filmi anime byudjeti rekordini oʻrnatdi (~10 million dollar — ishlab chiqarish va marketing xarajatlarini hisobga olgan holda[1]) va animatsiyaning mutlaqo yangi uslubini yaratdi.

1990 va 2000 — yillar anime uchun Yaponiyadan tashqarida keng tarqalgan vaqt edi. "Akira","The Ninja Scroll" va 1995-yilda chiqgan „Shelldagi sharpa“ animatsiyalar, anʼanaviylikni va kompyuter grafikasini mujassamlashtirgan, butun dunyo boʻylab shuhrat qozongan animatsiyalaridan birinchisi boʻldi. 1997-yilda esa “Malika Mononoke” badiiy filmi Yaponiyada 160 million dollar yig‘di.

Uni vaqti-vaqti bilan tomosha qiladigan anime muxlislari ham, tomoshabinlar soni ham bir necha barobar ortdi. Shu bilan birga, Yaponiyada anime yaratish va renderlash texnologiyalari takomillashishda davom etdi: studiyalar uch oʻlchamli animatsiyadan faol foydalangan holda, kompyuter grafikasiga toʻliq oʻtishni boshladi. 20-asr boshidagi bolalar multfilmlaridan yapon animatsiyasi oʻsmirlar, bolalar va kattalar uchun moʻljallangan rang-barang, jiddiy va kulgili, hissiy va sodda asarlarni yaratuvchi madaniyatga aylandi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Katsudo syasin". 1907 yil.

2005 — yilda topilgan eng qadimgi anime taxminan bir asr oldin - 1907 yillarda yaratilgan. „Katsudo Shashin“ deb nomlangan qisqa multfilm selluloid lentaga chizilgan 50-ta kadrdan iborat edi. Ularda tasvirlangan bola „harakatlanuvchi fotosuratlar“ degan maʼnoni anglatuvchi va oʻsha paytda „kino“ soʻzini bildirish uchun ishlatilgan iyerogliflarini 活動写真 chizadi, soʻngra tomoshabinga oʻgirilib, shlyapasini echib, taʼzim qiladi. Ushbu animatsiyaning rassomi va muallifi nomaʼlum[2][3]. 1917 — yilda Yaponiyada birinchi animatsion filmlar paydo boʻla boshladi. Ularning davomiyligi bir daqiqadan besh daqiqagacha boʻlgan. Birinchi yapon multfilmlari orasida Dekoten Shimokavaning Dekoboko shingate (Yangi eskiz kitobi), „Saru kani kassen“ (Qisqichbaqa va maymunlar jangi), „Zerikarli qilich“ (なまくらn, Namakura Gatana) (1917y.) va Seitaro Kitayamaning[4] Momotaro (1918y.) filmlari bor. 20-asrning birinchi choragidagi asarlar asosan chet ellik hamkasblarining ijodidan ilhomlangan ishqibozlar tomonidan yaratilgan. Baʼzida bunday animening syujetlari va qahramonlari Gʻarb madaniyatidan olingan, lekin koʻpincha ular eski yapon ertaklarining moslashuvi edi. 1920-yillardagi individual multfilmlarning davomiyligi 15 daqiqagacha yetishi mumkin edi.

Turli sabablarga koʻra bu yillardagi asarlarning aksariyati hozir yoʻqolgan. Biroq ularning ayrimlari ommaga namoyish etilgani, hatto kinoteatrlarda pul yig‘ilgani ham maʼlum. „Ovossiz kino“ davri Dekoten Shimokava, Junichi Kochi, Seyotaro Kitayama, Sanae Yamamoto (uning Obasute togʻi eng qadimgi anime deb hisoblanadigan), Yasuji Murata va soya animatsiyasi ustasi Noboru Ofuji kabi animatorlarni oʻz ichiga olgan. Ularning aksariyati uydan ishlagan, garchi kinoteatrlar egalari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, ulardan oʻz ijodlarini namoyish qilish huquqini sotib olishgan. Ularning asarlari soddaligi va ravshanligi bilan ajralib turar edi va shuning uchun asta-sekin jamiyatda katta talabga ega boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Daryl Harding. „Akira Anime Film Producer Corrects 30-Year Fact on How Much the Groundbreaking Film Cost to Make“ (Ingliz tilida) (2020-yil 8-iyun). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  2. Anime birinchi yarim asr. Журнал (Rus tilida), s. 37.
  3. Katasonova E.L.. Haqiqiy va virtual olamdagi yaponlar: zamonaviy yapon ommaviy madaniyatiga oid insholar (Rus tilida). Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq adabiyoti, 2012 — 357 bet. ISBN 978-5-02-036522-3. 
  4. Ivanov B. A.. Yapon animatsiyasiga kirish. - 2-nashr. - M .: Kinematografiyani rivojlantirish jamg'armasi; ROF "Eyzenshteyn kino madaniyatini o'rganish markazi", . -, 2001 — 396 bet. ISBN 5-901631-01-3.