Anarbek Orman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anarbek Orman
Орман Анарбек Оңғарұлы
Tavalludi 25-avgust 1952-yil
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi Siyosatchi
Dini Islom

Orman Anarbek Ongaruli (qozoqcha: Орман Анарбек Оңғарұлы; 1952-yil 25-avgust, Toshkent viloyati[1]) – qozoq siyosatchisi, Chimkent shahri hokimi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anarbek Orman 1952-yil 25-avgustda O‘zbekiston Respublikasining hozirgi Piskent tumanida tugʻilgan. 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1970-yilda Piskent tumanidagi umumtaʼlim maktabida xodim sifatida boshlagan. Ikki yildan soʻng u tadbirkorlik bilan shugʻullanib, boshqa ishlar qatori Chimkentdagi „Vodokanal“ kommunal korxonasida ishladi. 1981—1986-yillarda Orman Chimkent shahar hokimiyatida ishlagan, keyin yana „Vodokanal“dagi eski ishiga qaytgan. 19921994-yillarda Chimkent shahar hokimligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻldi, keyingi ikki yil ichida yana „Vodokanal“ korxonasida ishladi. 1995-yil 16-oktyabrda Chimkent shahri hokimi etib tayinlandi. U bu lavozimda taxminan ikki yil ishlagan. Anarbek Orman oʻsha paytda „Vodnyje Ressursy“ davlat kompaniyasining rahbari va bir vaqtning oʻzida Janubiy Qozogʻiston hokimi (gubernator) oʻrinbosari boʻlgan. 1999-yil oktyabrdan 2006-yilgacha yana „Vodokanal“da ishlagan. 2006-yil 27-sentyabrda Orman ikkinchi marta Chimkent shahri hokimi etib tayinlangan. Keyin u „Vodnyje Ressursy“ kompaniyasining marketing boʻlimiga rahbarlik qilgan. 2009-yilning oktyabridan 2012-yilning fevraligacha Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida Suv xoʻjaligi qoʻmitasini raisi boʻlgan, soʻngra „Vodokanal“ bosh direktori boʻlgan. 2012-yil iyun oyidan buyon Anarbek Orman Turkiston viloyati „Ak shoʻl“ demokratik partiyasining mintaqaviy raisi boʻlib ishlaydi[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anarbek Orman Urmanova Gulnar Abubakirovna bilan turmush qurgan va ularning Salima, Zaure, Rosa ismli qizlari, Murat ismli oʻgʻli hamda Aliya ismli nabirasi bor.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2001-yil – „Kurmet“ ordeni
  • 2008-yil – „Chimkent shahri faxriy fuqarosi“ faxriy unvoni
  • 2011-yil – „Parasat“ ordeni
  • 2016-yil – Ikkinchi darajali „Doʻstlik“ ordeni
  • 2022-yil – Birinchi darajali „Baris“ ordeni – Qozogʻiston Respublikasi oldidagi ulkan yutuqlari va alohida xizmatlari uchun[3].

„Milliy xavfsizlikni taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun“, „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ (2005), „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ (2016) va shu kabi yana boshqa medallar bilan ham taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]