Amir Temur dahmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temur dahmasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi maqbara
Turi dahma
Manzili Qoʻshxovuz MFY
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°03′14″N 66°49′12″E / 39.05398983757339°N 66.82001173487289°E / 39.05398983757339; 66.82001173487289 G OKoordinatalari: 39°03′14″N 66°49′12″E / 39.05398983757339°N 66.82001173487289°E / 39.05398983757339; 66.82001173487289 G O[1]
Qurilishi boshlangan 1394-yil

Amir Temur dahmasiQashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan Dor ussiyodat majmuasida joylashgan qadimiy inshoot.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Imom majmuasi yoki boshqacha qilib aytganda Jahongir Mirzo maqbarasida joylashgan darvozaxonasidagi qoldiqlaridan taxminan 35 metr sharqda joy olgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim manbalardagi maʼlumotlarda zikr etilishicha, Amir Temur Shahrisabzda yashab yurgan davrlarda koʻplab meʼmor hamda muhandislarni toʻplagan va o‘g‘li Jahongir Mirzo maqbarasidan taxminan o‘ttiz-qirq qadam narida o‘zi uchun mo‘ljallangan maqbaraning qurilish loyihasini tayyorlashni buyurgan. Shaxsan oʻzi mana shu loyiha bo‘yicha ko‘rsatma va maslahatlarini berib borgan. Loyiha tayyor bo‘lganidan soʻng esa, uni ko‘zdan kechirish uchun kelgan Amir Temur, dahma tarxiga tegishli o‘zgartirishlar ham kiritib, maqbara qurilishini darhol boshlashga buyruq beradi. Qurilish ishlari taxminan 1394-yilda boshlangan[2].

Tarixshunos olimlarning fikricha ayni shu yerda Amir Temur oʻzi uchun tayyorlagan dahma joylashgan. Mazkur tarixiy inshoot noyob meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Mazkur hududdagi chuqur arkasimon ravoqlar mavjudligi sababli bu hudud xochsimon shakl hosil qilib qolgan. Uning ravoqlari ohakdoshdan terib chiqilgan. Ravoqning ichki devorlari, arkalarning arxivoltasi yaʼni yuqori qismi tarixiy bitiklar bilan bezab chiqilgan[3].

Arxeologik izlanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologik olimlar mazkur hududda koʻplab izlanishlar amalga oshirishgan boʻlib, jumladan, Y.Gʻulomov bu hududda 1933-yilda olib borgan izlanishlari davomida interyerdagi bitiklarni oʻqishga uringan. Keyinchalik, bu hududda 1942-yilda M.Messon va G.Puchenkovalar bir qator izlanishlar olib borgan. Ular olib borgan tadqiqot natijalariga asosan, bitiklardagi yozuvlar aniqlangan. Unga koʻra, „Dahma bir kishini dafn etish uchun moʻljallangan, oʻzining qatʼiy tusdagi koʻrkamligi va gʻayrioddiy hashamdorligi bilan kishini lol qoldiradi.“ deb yozilgan[4].

Devoriy bitiklar sulz xatining bir qator uslublarida bitilgan. Shuningdek, unda Qurʼondan olingan bir necha iqtiboslar ham joy olgan. Yana Allohning goʻzal ismlari ham identifikasiyalangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Tarixiy haqiqat izidan: Amir Temur nega Shahrisabzda dafn etilmagan?“ (o'zbek). kun.uz. kun.uz (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 08-2023.
  3. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 187 bet. ISBN 978-9943-4510-6-3. 
  4. M.E.Messon; G.Puchenkova. Shahrisabz pri Temure — 29 bet.