Alliance textile

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yengil sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi "Alliance Textile" 2011 yilda tashkil topgan bo'lib yengil sanoat sohasida O'zbekiston Respublikasida yirik uyushmalardan biri hisoblanadi. YSKU "Alliance Textile" tarkibiga hozirda 7 ta korxonalar kiradi, bular:

OOO "BERUNIY TEXTILE INVEST" - 2009-yilda asos solingan bo'lib, Qoraqolpog'iston Respublikasi, Beruniy shahrida joylashgan. Umumiy maydoni 7,797 ga. Bo'lib fabrikada 400 dan ortiq ishchi hizmat qiladi. Ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot paxtadan yigirilgan kalava ip hisoblanadi.

OOO "AND PAXTA TEKS" - 2008-yilda asos solingan bo'lib, Andijon viloyatida joylashgan. Bu yerda turli xil matolar ishlab chiqariladi.

OOO "YA TEKSTIL GROUP" - Bu fabrika Samarqand viloyatida joylashgan bo'lib, 2013-yil tashkil topgan. Umumiy maydoni 7 ga atrofida bo'lgan korxonada yiliga 2000 tonna kalava ishlab chiqariladi.

OOO "CHIMBOY TEKSTIL" - Chimboy shahrida joylashgan, 2018 yil ishga tushirish ko'zda tutigan. Ishchilar soni 170 kishiga moslashgan bo'ladi.

OOO "HAZORASP TEKSTIL" - Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida joylashgan yosh fabrikalardan biri. 2018-yil ishga tushirish ko'zda tutilib 200 kishilik ish o'rni egallaydi.

OOO "SHOH STYLE" - Andijon viloyatida joylashgan tikuv fabrikasi. 2017-yilning uchinchi choragida o'z faoliyatini boshlagan. 960 m.kv maydonga ega bo'lib korhonada 200 kishi mehnat qiladi. Korhonada tarkibi 100% paxtadan tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 3 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega.

OOO "GRAND TEX IMPEX" - Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida joylashgan. 2018-yil ishga ishga tushirish rejada tutilgan. Ishlab chiqaradigan mahsulot turi 100% paxtadan iborat kalava.