Akutagava Ryunoske

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akutagava Ryunoske (1892.1.3 - Tokio — 1927.24.7) — yapon yozuvchi-si. O‘z asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab ber-gan. U ijodida g‘arb va yapon adabiyoti an’analarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, yapon an’anaviy tasvir va ifoda usu-lini yangi yo‘nalishga burgan. Inson ongining "jumboq"ligi, oldindan ay-tib bo‘lmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari — "Ryosman" (1915), "Burun" 284(1916) unga shuhrat keltiradi. "Kuz" (1920), "Sovuq" (1924) psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik du-nyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. "Suv alvastilari mamlaka-tida" (1927) ijtimoiy-fantastik ma-joziy asardir. Insonning yolg‘izligi, uning vaqt, tarix oddida ojizligi pand-nasihatdan iborat "Tentakning hayoti" (1927) nomli so‘nggi asarining mavzu-idir. Yapon madaniyatida beqiyos o‘rin egallagani uchun "Akutagava" milliy mukofoti ta’sis etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.