Aksiyadorlik kapitali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksiyadorlik kapitali - aksiyadorlar jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan kor-porativ mulk hisoblanadi. A.k. tarkibi Nizom (Us t a v) kapitali, qo‘shimcha kapi-tal, rezerv fondidan va taqsimlanmagan foydadan iborat. A.k. asosini Nizom kapitali tashkil etadi. Nizom kapita-li jamiyat tashkil etilgan chog‘da uning mol-mulkiga aksiyadorlar qo‘shgan ulush bo‘lib, pulga chaqib hisoblanadi. Bu ka-pital ma’lum miqdordagi aksiyalardan iborat bo‘lib, uning ta’sischilari ora-sida taqsimlanadi. A. k. Nizom kapita-lidan tashqari qo‘shimcha aksiya chiqarib, jalb etilgan kapitaldan va kapitallash-gan daromad hisobiga o‘sib boradi. Ak-siyadorlik jamiyat beradigan dividend kapitallashganda A.k.ga kelib qo‘shiladi. A.k. pul shaklida chiqarilgan aksiyalar summasidan, moddiy shaklda jamiyat faoliyatini ta’minlovchi mol-mulkdan iborat bo‘ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil