Aholining tabiiy oʻsishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aholining tabiiy oʻsishi - Maʼlum davr ichida tugʻilganlar soni bilan oʻlganlar soni orasidagi farq. Aholining tabiiy oʻsishi — aholi oʻsishi intensivligining umumiy koʻrsatkichi boʻlib, odatda, koeffitsiyent bilan oʻlchanadi. Aholining tabiiy oʻsishi har 1000 kishiga nisbatan olinadi va promille (%o) bilan oʻlchanadi (Oʻzbekistonda 1996-yil aholining tabiiy oʻsishi koeffitsiyenti 25,6 %o-ni tashkil etdi).