Ahmad al-Kosiy (faqih)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad al-Kosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 954-yil
Dini Islom

Ahmad ibn ash-Shayx ibn Hamavayh ibn Zuhayr al-Kosiy (954-yili Koson qishlog‘ida vafot etgan) — shofiʼiy faqih bo‘lgan. U munozaralarda ishtirok etadigan Imom ash-Shofiʼiyning yirik asʼhoblaridan biri darajasiga yetguncha fiqh ilmini o‘rgangan. U, shuningdek, shoir va olim bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilgan. Uning fiqh ilmiga oid ko‘pgina asarlari bor, ana shulardan birini muallif „Tavoniyu-l-hujaj“ („Dalillarning ustunligi“) deb atagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 67 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.