Aerenxima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aerenxima

Aerenxima (aero… va yunoncha enchima — quyilgan, bu erda toʻqima) — oʻsimliklarning nafas olish funksiyasini bajaradigan havo saqlovchi toʻqimasi. Aerenxima ancha keng hujayralar oraligʻi va har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan parenxima hisoblanadi. Baʼzan Aerenxima tarkibiga mexanik, ayiruvchi va b. xil hujayralar ham kiradi. Aerenxima gaz almashinuvi va ichki toʻqimalarning kislorod bilan taʼminlanishi qiyinlashadigan muhitda oʻsadigan suv va botqoq oʻsimliklari (sholi, kurmak, qamish, qiyoq)da rivojlangan. Aero… (yunoncha ayog — havo) — qoʻshma soʻzlarning tarkibiy qismi. Aviasiyaga, havoda uchishga, havoga oidlikni bildiradi (masalan, Aerodrom)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil