Adobe After Effects

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adobe After Effects
Adobe After Effects
Ishlab chiqaruvchiAdobe Inc.
Eng so‘nggi versiyasi2021 (22.5.1) / 2021-yil 14-sentyabr
Operatsion sistemaWindows 10

macOS

iPadOS
Platformax86-64
Til(lar)26
Vebsayt:adobe.com/products/aftereffects.html

Adobe After Effects — Adobe Systems tomonidan ishlab chiqilgan murakkab videografikalar, videoharakatlarni tahrirlash va yaratish uchun ichlatilinadigan dastur. Adobe oilasining boshqa dasturlari kabi Adobe After Effects dasturi ham yuqori darajalai mediamahsulotlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 2019-yilda dastur fan va texnika yutuqlari uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritdi[1]. Dastur asosan kino va reklama sanoatida katta videografika tahririni talab etadigan sohalarda ancha mashhur hisoblanadi. Adobe After Effects dasturida poligrafiya, raqamli fotografiya, raqamli video va audio, 3D-animatsiyalar uchun materiallar yaratish mumkin. Dasturda har qanday elementlar uchun effektlar yaratish, tahrirlash, joy-joyiga qoʻyish va animatsiyalash mumkin. Shu sababli Adobe After Effects — koʻp maqsadli dasturiy mahsulot hisoblanadi. Poligrafiya va dizaynni jonlantirish, fotosurat yoki raqamli tasvirni qayta ishlash, video va filmlar ishlab chiqishda vizual effektlardan foydalanish, instrumental vositalar imkoniyatini kengaytirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha keng qamrovli foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adobe After Effects — Devid Xerbstman, Devid Simons, Daniyel Uilk, Devid M. Kotter va Rassell Belfer tomonidan 1993-yil yanvar oyida dastlabki ikki versiyasi 1.0 va 1.1 ishlab chiqarilgan.[3] Dasturning birinchi versiyasi faqat Apple tomonidan ishlab chiqarilgan Macintosh kompyuterida mavjud edi, keyinchilik Windows operatsion sistemasida ishlovchi kompyuterlar uchun ham ishlab chiqilgan. Dastur 1994-yilda Aldus tomonidan sotib olingan va dastur ishga tushirilgandan bir yil o'tgach, ko'p mashinali renderlash va harakatni xiralashtirish kabi ajoyib yangi xususiyatlarga ega bo'ldi. After Effects kontseptsiyasi paydo bo'lganidan beri Adobe kompaniyasi o'zining media sanoatdagi yetakchi dasturiy ta'minotining 50 xil versiyasini chiqardi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]