Fenomenologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fenomenologiya (fenomen va ... logiya) — 1) falsafiy fan; falsafa tarixida turlicha: hissiy bilishni tanqid qiladigan fan sifatida (I. G. Lamberg , I. Kant), falsafaning vujudga kelishi, ongni tarixiy tadqiq etish shakllarini oʻrganadigan taʼlimot sifatida (G. Gegelning "Ruh fenomenologiyasi"), psixik fenomenlarni bayon etuvchi psixologiyaning bir kismi sifatida (F. Brentano, A. Meynong) talqin etiladi; 2) falsafiy oqim, uning prinsiplarini 20-a. boshida E. Gusserl taʼriflab bergan. U bir tomondan, F. ratsional empirizm va pozitivizm bilan bogʻliq ekanligini qayd etsa, 2tomondan esa, naturalistik obʼyektivizm va skeptik relyativizmni tanqid qiladi. F. ni yoʻqotilgan va unutilgan qadriyatlarni topishga koʻmak beruvchi falsafiy arxeologiya deb biladi. F. ekzistensializm va hozirgi zamon falsafasidagi boshqa oqimlarning manbalaridan biri boʻlgan.