Abdumavlon Abdujalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdumavlon Abdujalilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov
Tavallud sanasi 22-dekabr 1994-yil (1994-12-22) (29 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.88 cm (12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2013 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Neftchi 38 (0)
2019—2020 Bunyodkor 32 (0)
2021— Lokomotiv 53 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2011 Oʻzbekiston U-17 5 (0)
2012—2014 Oʻzbekiston U-20 5 (0)
2014—2017 Oʻzbekiston U-23 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov (ruscha: Абдужалилов, Абдумавлон Абдукодир оглы; 22-dekabr 1994-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 musoboqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdumavlon „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va dastlabki ikki mavsum davomida oʻribosarlar jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2016-yilgi mavsumda asosiy jamoa aʼzosiga aylangan va Oʻtkir Yusupov bilan raqobatda darvozani qoʻriqlagan[2][3]. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng Oʻzbekiston Superligasini tark etdi va Abdumavlon „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2019—2020-yilgi mavsumlarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan boʻlsa, 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2022-yilgi va 2023-yilgi mavsumda eng koʻp oʻz darvozasini quruq saqlagan darvozabonlardan biri boʻlgan[5].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdumavlon Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan[6][7] ammo asosiy jamoa tarkibida hali debyut qilmagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]