Abduljalil Margʻinoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduljalil Margʻinoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 580/1185 yili Margʻinon
Vafoti 631/1234 yili Samarqand.
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abduljalil Margʻinoniy (arabcha: عبد الجليل المرغيناني — Abduljalil ibn Abdulloh ibn Ali ibn Soin Margʻinoniy) — faqih.

Abduljalil Margʻinoniy 580/1185 yili Margʻinonda tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni Margʻinonda otasi Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniydan olgan. U faqih va adab ilmidan xabardor boʻlgan. Ibn Najjorning xabar berishicha, Abdulloh ibn Ali al-Margʻinoniy Bagʻdodga kelgan paytda oʻgʻli Abduljalil Margʻinoniy yosh bola boʻlgan. Ibn Najjorning xabar berishicha, Abduljalil Margʻinoniy umrining oxirgi yillarida Samarqandda fatvo chiqarish va dars berish bilan shugʻullangan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduljalil Margʻinoniy keyinchalik Ibn Hasin va Abu Gʻolib Bannalardan hadis eshitgan. Oʻz navbatida Abduljalil Margʻinoniydan va otasidan birqancha ulamolar hadis rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduljalil Margʻinoniy 631/1234 yili Samarqandda vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qoriev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniy. — B. 61.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016.