Abdulhamid al-Xusravshohiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhamid al-Xusravshohiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1184-yil (hijriy 580-yil)
Vafoti milodiy 1254-yil (hijriy 652-yil, 25-shavvol)
Damashq
Dini Islom

Abdulhamid ibn Iso al-Xusravshohiy at-Tabriziy ash-Shofiʼiy (Shamsuddin) — tabib, hakim, faqih, usuliy olim, mutakallim va muhaddis bo‘lgan. „Qosyun“ tog‘iga dafn qilingan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Muxtasaru kitobi-l-muzahhib li Abi Isʼhoq ash-Shiroziy fi furuʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ ("Shofiʼiylik mazhabidagi furuʼ al-fiqh masalalariga bag‘ishlangan Abu Isʼhoq ash-Shiroziy qalamiga masnub „Kitobu-l-muzahhib“ asarining qisqartmasi")
  • „Muxtasaru kitobi-sh-shifo li ibn Sino“ (Ibn Sino qalamiga mansub „Kitobu-sh-shifo“ning qisqartmasi")
  • „Tatimmatu kitobi-l-oyoti-l-bayyinoti li ibn Xatib ar-Ray Faxruddin ar-Roziy“ (Ray xatibining o‘g‘li Faxruddin ar-Roziy qalamiga mansub „Kitobi-l-oyoti-l-bayyinot“ asariga qo‘shimcha")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (o‘zbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 20 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.