ASIMO
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ASIMO (yapon. アシモ, ashimo) Honda Motor Company tomonidan yaratilgan odamsimon robotdir. Boʻyi 130 santimetr, vazni 52 kilogramm boʻlgan bu robot kichkina fazogirni eslatadi. ASIMO ikki oyoqda yurib, tezligini 6 km/soat gacha yetkiza oladi[1]. U Honda'ning Wako Fundamental Texnik Tadqiqotlar Markazida (Yaponiya) yasalgan. Uning hozirgi nusxalari 1986 yilda boshlangan E0 loyihasining 11-avlodidir.
Rasman, ASIMO "Advanced Step in Innovative MObility" (Yangi Harakatlanishda Katta Qadam). Honda'ning rasmiy manbalari bu nomning Robotexnikaning Uch Qonuni muallifi, ilmiy-fantast yozuvchi Isaac Asimov bilan aloqasi yoʻqligini taʼkidlashadi. Qolaversa, yapon tilidagi ashimo soʻzi "oyoqlar ham", degan maʼnoga ega.
2007 yilga kelib, dunyoda 46 ta ASIMO nusxasi mavjud.[2] Ularning har biri $1 million atrofida narxlanadi,[3] baʼzi nusxalarini esa yiliga $166,000 evaziga ijaraga olish mumkin.[4]
[tahrir] Shuningdek
[tahrir] Manbalar
- ↑ ASIMO specifications by Honda
- ↑ Meet ASIMO the robot
- ↑ Say Hello To ASIMO
- ↑ Humanoid robot gets job as receptionist