Şafak Pavey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Şafak Pavey (talaffuzi: Shafak Pavey)
 Buyuk Millat Majlisi raisining oʻrinbosari
Mansab davri
2015-yil 9-iyul – 2015-yil 1-noyabr
Prezident Recep Tayyip Erdoğan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1976-yil (1976-07-10) (47 yosh)
Anqara
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Siyosiy partiyasi Respublika Xalq partiyasi (CHP)
Turmush oʻrtogʻi Pol Pavey (m. 1995⁠–⁠1997)
Onasi Ayshe Oʻnal
Otasi Shahin
Alma mater Vestminster unversiteti
Kasbi turk diplomat, sharhlovchi, siyosatchi
Ilmiy unvoni Phd
Mukofotlari AQSh Davlat departamenti tomonidan xalqaro jasoratli ayol, Junior Chamber International tomonidan dunyoning eng yaxshi yosh shaxsi mukofoti, 2014-yilning eng yaxshi dunyoviy siyosatchisi

Shafak Pavey (niyasi Önal; 1976-yil 10-iyulda tugʻilgan) — turk diplomati, sharhlovchisi va siyosatchisi. U asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasidan (CHP) Turkiya Buyuk Millat Majlisining Istanbul viloyati vakili. U Turkiya parlamentiga saylangan birinchi nogiron ayol boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmitasi a’zosidir. 2012-yilda Pavey Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti tomonidan „Jasoratli ayollar“ xalqaro mukofoti bilan taqdirlangani bilan alohida oʻrniga egadir.

U 2017-yil 15-sentyabrda sogʻligʻi sabab parlament a’zoligidan ketishini e’lon qilgan[1] Isteʼfo 2017-yil 25-oktyabrda kuchga kirdi[2].

Bolaligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavey 1976-yil 10-iyulda Anqarada Shahin va taniqli jurnalist va yozuvchi Ayshe Oʻnal oilasida tugʻilgan. 1994-yilda u sanʼat va kino sohasida oʻqish uchun eri bilan Shveysariyaga koʻchib oʻtdi. 1996-yil 24-mayda Pavey Tsyurixda poyezdda boʻlganida, baxtsiz hodisa yuz berdi. Erining soʻzlariga koʻra, u ogʻir jarohat olgan. Paveyning chap qoʻli va chap oyogʻi amputatsiya qilingan va u jarohatlar tufayli vafot etishiga sal qoldi. Bu uning 20 yoshga toʻlishidan oldin edi. Bir yil oʻtgach, u oʻqishni davom ettirish uchun Londonga ketdi. U Vestminster universitetida xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil olgan va London Iqtisodiyot maktabida aspiranturani ham tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Pavey Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi boshqarmasida Jazoir, Misr, Eron, Livan va Suriya kabi mamlakatlarda tashqi aloqalar va insonparvarlik yordami uchun asosiy mas'ul shaxs boʻlgan. U BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligining Vengriyadagi Markaziy Yevropa boʻyicha matbuot kotibi sifatida ishlagan, keyinroq esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasida inson huquqlari boʻyicha shartnoma organi kotibiyati rahbari boʻlib ish faoliyatini davom ettirdi.

Safak Pavey Mishel Obama (chapda) va Hillari Klinton (o'ngda) bilan 2012-yilgi IWOC mukofotini topshirish marosimida

U Istanbulda joylashgan arman-turk ikki tilli haftalik “ Agos ” gazetasining sharhlovchisi boʻlgan va uchta kitobning muallifidir. U Harward universiteti, Londondagi Qirollik sanʼat akademiyasi va Norvegiya dizayn kengashi bilan inklyuziv va universal dizayn va koʻchirilganlar boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga muvoffaq boʻldi. Uning onasi Ayshe oʻzlari birgalikda yozgan poezd halokati haqida hikoya qiluvchi 13 Numarali Peron (Platforma raqami 13) kitobi Turkiyada eng koʻp sotilgan kitobga aylandi.  U yozuvchi va Nobel tinchlik mukofoti laureati Shirin Ebadi bilan „Eronda qochqinlar huquqlari“ kitobida hamkorlik qilgan.

Oʻn besh yil chet elda yashagan Pavey 2011-yilda Turkiyaga qaytib keldi va parlament deputatligiga nomzodini qoʻydi. U 2012-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi oʻz lavozimini tark etdi va Turkiya parlamentining birinchi nogiron ayol deputati boʻlib, Istanbul viloyatining Respublika Xalq partiyasidan deputati etib saylandi. Parlament ishining bir qismi sifatida u Turkiya-Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish qoʻmitasi, Yevropa Ittifoqi-Turkiya qoʻshma parlament qoʻmitasi, Oʻrta yer dengizi ittifoqi uchun Yevro-Med Parlament assambleyasi, Yevro-Med Energetika, suv quyi qoʻmitasi aʼzosi va atrof-muhit masalalari boʻyicha, Turkiya parlamentining Janubiy Koreya va Norvegiya bilan doʻstlik guruhlari raisi oʻrinbosari va aʼzosi. Keyinchalik u CHP raisining ekologik va ijtimoiy siyosat uchun mas'ul oʻrinbosarlaridan biri etib tayinlandi. 

U Milliy dunyoviy jamiyatning faxriy aʼzosi[3]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • AQSh Davlat departamenti tomonidan xalqaro jasoratli ayol
  • Junior Chamber International tomonidan dunyoning eng yaxshi yosh shaxsi mukofoti
  • Buyuk Britaniya Milliy dunyoviy jamiyati tomonidan 2014-yilning eng yaxshi dunyoviy siyosatchisi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Şafak Pavey milletvekilliğinden istifa etti“.
  2. „Şafak Pavey'in milletvekilliği düşürüldü“. Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  3. „National Secular Society Honorary Associates“.

Manba xatosi: <ref> tag with name "USSD1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "USSD2" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "ohchr.bio" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "HDN1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "3QD" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "Pulitzer" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "HDN2" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "UNHCR.Interview" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "Ebadi" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "JCI" defined in <references> is not used in prior text.

Manba xatosi: <ref> tag with name "NSS" defined in <references> is not used in prior text.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]