Amputatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1865-yili temir yoʻl halokati tufayli uch muchasi amputatsiya qilingan J. McKnight (J. MakKnayt).

Amputatsiya (lot. amputo — „kesish“) biror tana qismining kesib tashlanishidir. Amputatsiya jarrohlik yoʻli bilan yoki jarohat tufayli boʻlishi mumkin. Jarrohlikda amputatsiya saraton yoki gangrena kabi yiringlovchi va taraqqiy etuvchi kasallikka chalingan muchani tanadan olib tashlab, shu kasallik tananing boshqa qismlariga tarqab ketmasligi uchun qilinadi. Baʼzi mamlakatlarda qoʻl-oyoq amputatsiyasi jinoiy jazo sifatida ishlatiladi. Kichik amputatsiyalar (barmoq kesish kabi) ayrim dinlarda ritual sifatida amalga oshiriladi. Odamning regeneratsiya qobiliyati boʻlmagani uchun kesilgan muchalarni protez bilan almashtirib, yordam qilish mumkin.

Amputatsiya (lot. amputatio — kes-moq) — qo‘l-oyoqning periferik qismini yoki biror a’zoni, mas, sut bezi, to‘g‘ri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiya-si, gangrena, og‘ir shikastlanish va b. hollarda qo‘llaniladi. Qo‘l-oyoq yoki uning bir qismini bo‘g‘imdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. A. qad. dan ma’lum. Hoz. za-mon tibbiyoti jarohatning yiringla-nib yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir qancha choralarni ko‘radi. A. keng tarqalgan usuldir. A. da qo‘l-oyoqning kes-may qoldirilgan bo‘lagi qimirlaydigan 444va protezlanadigan (yasama qo‘l yoki oyoq qo‘yiladigan) bo‘lishi nazarda tutiladi.[1]



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil