Kontent qismiga oʻtish

Özgə vaxt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Özgə vaxt – 1996-yilda rejissor Hüseyn Mehdiyev tomonidan suratga olingan ozarbayjon filmi.

Özgə vaxt
Rejissyor(lar) Hüseyn Mehdiyev
Ssenariynavis(lar) Ramiz Rovshan, Huseyn Mehdiyev
Rollarda Ayan Mirqasımova-Leyla
Ələddin Abbasov-Ota
Həsən Məmmədov-Shifokor
Elşən Rüstəmov-Orxan
Rafiq Əliyev-Qo‘shni
Bastakor(lar) Azer Dadashov
Chiqarilgan sanasi 1996-yil
Davomiyligi 83 daqiqa
Mamlakat Ozarbayjon
Til Ozarbayjon tili

Film qahramoni Leyla (Ayan Mirqasimova) uzoq yillar davomida kasal otasi (Ələddin Abbasov)ni parvarish qilib keladi. U oʻzi boshdan kechirayotgan azobli hayotga sevgilisi (Elşan Rüstəmov)ni aralashtirmaslik uchun u bilan ajrashadi. Leyla otasiga qarash uchun xizmatkor yollaydi. Hech bir xizmatkor otasining injiqliklariga dosh berolmaydi. Shundan soʻng Leyla asta-sekin yaqin doʻstlarini yoʻqotib, ishdan ketishga majbur boʻladi. U oʻzini unutib, „ota vaqti“ bilan yashaydi. Turmush tarzini asta-sekin oʻzgartiradi.

Inson tabiati oʻzgarmas, ammo ong oʻzgaruvchan va nisbiydir. Jamiyat va muhitga bogʻliq boʻlgan ong maʼnaviyat va axloqiy meʼyorlarni shakllantiradi. Hayotda insonning axloqiy qadriyatlari koʻpincha tabiatning oʻrnatilgan va doimiy asoslariga zid keladi. Bu tartibsizlik va fojiaga olib keladi.

Festivallar va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1) 1997-yilda Bokuda
  • Aktrisa Ayan Mirgasimova „Boku“ jamiyatining „Humay“ mukofoti bilan taqdirlandi.
2) 1997-yil Madridda (Ispaniya) 1-xalqaro kinofestivali
  • Rejissyor Husayn Mehdiyev eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun „Oltin Sevilya“ mukofoti bilan taqdirlandi.
  • Aktrisa Ayan Mirgasimova eng yaxshi yosh aktrisa uchun Kumush Sevilya mukofoti bilan taqdirlandi.
3) 1997-yil Toshkent shahrida XII Xalqaro kinofestivali
  • Eng yaxshi ayol rolini ijro etgani uchun aktrisa Ayan Mirgasimova (Xitoy aktrisasi Si Meiyun bilan birgalikda) „Oltin nilufar“ mukofoti bilan taqdirlandi.
4) MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari kinofestivali Anapa (Rossiya)da 1997-yil
  • Eng yaxshi ayol roli uchun mukofot aktrisa Ayan Mirgasimovaga topshirildi.
Ayan Mirqasimova — Leyla
Ələddin Abbasov — otasi
Hasən Məmmədov — shifokor
Elşən Rüstəmov — Orxan
Rafiq Əliyev — qoʻshni
Elmira Şabanova — Orxanning onasi
Zarnigar Ağakişiyeva — hamshira
Narmina Zərbəliyeva
Elmira Həşimzade (Elmira Hoshimzade rolida) xizmatkor
Pərvin Sultonzodə
Sona Babayeva
İqlimə Yagubova
Y. İmanov
Məmmədkamal Kazimov
A.Bəşirov
Səidə Səfərova (S. Səfərova rolida)
S. Məmmadova
N. Rzayeva
O. Ağayev
R. Şafiyev
  1. 525.az. „Meksikada Azərbaycan Kinosu günləri“ (az). 525.az (2016-yil 21-may). 4-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2016-yil.
  • Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi. C.Cabbarlı adına „Azərbaycanfilm“ kinostudiyası. Aydın Kazımzadə. Bizim „Azərbaycanfilm“. 1923-2003-cü illər. Bakı: Mütərcim, 2004.- səh. 362; 372.
  • Azərbaycan Milli Ensiklopediyası: Azərbaycan. Ramiz Məmmədov. Kino. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası Elmi Mərkəzi, 2007.- səh. 816.