Zuhra Ashurova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zuxra Ashurovadan yoʻnaltirildi)

Zuxra Ashurova — 1961 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʻilgan. Milliy teatrda 1983 yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2000 yili „Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zuxra Ashurova teatrda sahnalashtirilgan 100 ga yaqin asarlarda turli xil xarakterdagi murakkab rollarni ijro etdi. U teatr sahnasida namoyish etilgan jahon va oʻzbek klassikasi hamda zamonaviy asarlarda bir qator obrazlar galereyasini yaratib, bugungi kunda teatrning yetakchi aktyorlaridan biriga aylandi. Aktrisa tomonidan „Armon“ spektaklidagi Laura, „Apelsin ishqi“dagi Niketta, „Hayotdan toʻygan tun“dagi Bayan, „Tun albatta oʻtadi“dagi Amaliya, „Sohibqiron“dagi Bibixonim, „Uvaysiy“dagi Nodirabegim, „Yorqinoy“dagi Yorqinoy, „Muhabbat sultoni“dagi Layli, „Mehrobdan chayon“dagi Raʼno, „Oʻtkan kunlar“dagi Oftoboyim, „Yaralangan oqqush nolasi“dagi Zebo, „Yigʻlama qiz“dagi Qumri, „Kunduzsiz kechalar“dagi Solixa, „Eng suluvli kelinchak“dagi Gulbarchin, „Andishalik kelichka“dagi Munisa, „Neksiya“dagi Nilufar, „Uyqusiz kechalar“dagi Mohira, „Tortadurman jabrimni“dagi Farogʻat kabi bosh rollar ijro etilgan. Zuxra Ashurova kinofilmlarda, televidenie va radioda yaratgan 30 dan ziyod obrazlari bilan el orasida isteʼdodli sanʼatkor sifatida tanilgan. Aktirisa, shuningdek, „Turmush chorrahalari“, Odamlar orasida" turkumidagi videofilmlarda, „Osmondagi bolalar“, „Muhabbat sinovlari“, „Notanish“, „Jodugar“, „Hijron“, „Koreyalik kelin“, „Vijdon“ filmlarida munis ayollarimiz siymosini koʻrsatdi. Oʻzbekiston radiosidagi „Oʻtkan kunlar“ radiospektaklida Kumushbibi va boshqa radiopostanovkalarda bir qator yorqin obrazlar yaratdi.[1]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[2]

Yil Film nomi Obraz
2002 Muhabbat sinovlari Boburning onasi
2004 Muhabbat sinovlari 2 Boburning onasi
2008 Zirapcha Manzura
2009 Ichkuyov Elyorning onasi
2010 Oʻyin ichida oʻyin
2011 Oʻxshatmasdan uchratmas
2011 Hi Fi bolakay Azizning onasi
2012 Koreyalik kelin Jamila
2013 Aql va yurak
2014 Soʻnggi nafasimgacha Salima
2014 Yoʻqotilgan vaqt Ustoz
2015 Ayriliq 2
2016 Boy boʻlma sahiy boʻl Hadicha
2017 Jonim azobda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zuhra Ahurova haqida“. saval-javob.com. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
  2. „Zuhra Ashurova haqida“. buluteka.com. 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.