Sirkoniy dioksid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(ZrO2dan yoʻnaltirildi)

Sirkoniy dioksid, ZrO2 -sirkoniyning yagona barqaror oksidi, oq rangli kristall modda. Bir necha modifikatsiyalari mavjud. Sirkoniy dioksidning barqaror modifikatsiyasi tabiatda baddeleit minerali koʻrinishida uchraydi. Suyuqlanish temperaturasi 2710°, qaynash temperaturasi 4500° atrofida. Zichligi 5,86 g/sm3, Moos shkalasi buyicha qattikligi 6,5. Suvda, koʻpchilik kislotalar, ishqorlar, tuzlar va barcha organik erituvchilarda erimaydi. Ftorid kislota, konsentrlangan sulfat kislota, eritilgan shisha va burada eriydi. Sirkoniy dioksid sirkoniyning termik bekaror birikmalarini (gidroksidi, nitrati, oksalati va boshqalar) qizdirish natijasida hosil boʻladi. Olovbardosh materiallar olishda, silliqlovchi material sifatida, boʻgʻiq sir va emallar tayyorlashda qoʻllanadi.