Kontent qismiga oʻtish

Zinaida Bochanseva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zinaida Bochanseva
Zinaida Petrovna Bochanseva
Tavalludi 1907-yil 10-oktyabr
Rossiya imperiyasi
Vafoti 1973-yil 17-avgust
 SSSR
Fuqaroligi SSSR
Sohasi Botanika
Ish joylari Toshkent Botanika bogʻi
Taʼlimi SAGU
Akademik rahbarlari A.I.Vvedenskiy
Mukofotlari

Zinaida Petrovna Bochanseva (1907-yil 10-oktabr1973-yil 17-avgust, Toshkent) — sovet botaniki, sitolog va embriolog. Biologiya fanlari doktori, Toshkent universiteti professori, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika bogʻi sitologiya va embriologiya boʻlimi mudiri.

1930-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (SAGU)ning biologiya fakultetini tamomlagan.

1930-1933-yillarda Oʻrta Osiyo florasini oʻrganish boʻyicha ekspeditsiyalarda qatnashgan. Yovvoyi oʻsimliklar, birinchi navbatda, lolalarning morfologiyasi, sitologiyasi va biologiyasini oʻrganish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 1960-yilda “Lolalar. Morfologiya, sitologiya va biologiya” nomli ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari 1962-yilda nashr etilib, 1982-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan “Lolalar. Morfologiya, sitologiya va biologiya” nomli monografiyada chop etilgan.

Zinaida Petrovna ilm-fan taraqqiyoti uchun lolalarning yangi 6 turini tavsiflab bergan:

  • Tulipa vvedenskyi Botschantz. [2] — Vvedenskiy lolasi
  • Tulipa affinis Botschantz. [3] — Тurdosh lolalar
  • Tulipa butkovii Botschantz. — Butkov lolasi
  • Tulipa anadroma Botschantz. — Yuqoriga qarab oʻsuvchi lola
  • Tulipa tschimganica Botschantz. — Chimgan lolasi
  • Tulipa uzbekistanica Botschantz. & Sharipov — Oʻzbekiston lolasi

1950-1960-yillarda Zinaida Petrovna lolalarning eng dekorativ tabiiy shakllarini tanlash va bogʻ lolalari ishtirokida turlararo  gibridlash va gibridlarini yaratish ustida faol ish olib borgan. Lolalarning “Lyuba Shevsova” (12-klas) va “Materinskaya Slava” (13-klas) kabi noyob navlari tabiiy yashash maskanlaridan yigʻilgan piyozlaridan tanlab olingan. Shuningdek, “Quyosh chiqishi” (Rossiyadan tashqarida “Sunrise” nomi bilan tanilgan, 12-klas), turi lolalarni gibridlash natijasida olingan. Bochanseva seleksiyasining bir qator gibrid navlari VDNХning oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanib, lolalarning gibrid navlari orasida:

* Laylak (12-klas)
  • 8-mart (12-klas)
  • Muzlik (5-klas)
  • Ikar (5-klas)
  • Lunnik (12-klas)
  • Luba Shevsova (12-klas)
  • Lyudmila (13-klas)
  • Materinskaya slava (12-klas)
  • Qizil yelkanlar (3-klas)
  • Ametist (12-klas)
  • Aelita (12-klas)
  • Barmaley (5-klas)
  • Bahor (12-klas)
  • Erkin (5-klas)
  • Vostok-1 (12-klas)
  • Nodira (5-klas)
  • Nimfa (12-klas)
  • Novella (12-klas)
  • Pomir (5-klas)
  • Professor I. A. Raykova (12-klas)
  • Suv parisi (5-klas)
  • Skryabin (5-klas)
  • Chukotka (5-klas) navlari ulkan mashhurlikka erishgan.

Lenin va Mehnat Qizil Bayrogʻi ordenlari bilan mukofotlangan.

Zinaida Petrovna Bochanseva Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[1].

Tanlangan ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • К вопросу о стадийном развитии многолетних растений. // Труды Института ботаники АН Узбекской ССР, том 1, 1952.
  • Тюльпаны и их культура в Ташкенте. Реферат работ АН УзССР, внедряемых в народное хозяйство. — Ташкент: Изд. АН УзССР, 1955.
  • Онтогенез тюльпанов. // Труды института ботаники АН УзССР, вып. 5, 1956.
  • Тюльпаны. Морфология, цитология и биология. — Ташкент: Изд. АН УзССР, 1962. — 408 с.
  • Botschantzeva, Z. P.. Tulips: taxonomy, morphology, cytology, phytogeography and physiology. CRC Press, 1982 — 120-bet. ISBN 9061910293. 
Tulipa tschimganica Botschantz. — chimyon lolasi

Sharafiga nomlangan oʻsimliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Тюльпан Зинаиды (Tulipa zenaidae Vved.)
  • Тюльпан Бочанцевой (Tulipa botschantzevae S.N.Abramova & Zakalyabina)[2].
  • Райкова И. А. Памяти Зинаиды Петровны Бочанцевой (1907—1973) // Бюллетень Главного ботанического сада. — 1975. — Вып. 96. — С. 93—96. — ISSN 0366-502X.