Zeynep Yetgil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zeynep Yetgil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 10-oktyabr 2000-yil (2000-10-10) (23 yosh)
Erzurum, Turkiya
Boʻyi 165 cm
Vazni 53 kg
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Ayollar erkin kurashi
Klubi Istanbul BB SK

Zeynep Yetgil (2000-yil 10-oktabrda tugʻilgan) – 53 kg vazn toifasidagi turkiyalik erkin kurashchi. Istanbul BB SK aʼzosi[1].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zeynep Yetgil kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ayollar oʻrtasida 48 kg vazn toifasida Finlyandiyada oʻtkazilgan 2017-yilgi kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Zeynep Yetgil tunislik raqibi Sarra Hamdini 8-6 hisobida magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

2018-yil Italiyaning Rim shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati. Ayollar oʻrtasida 53 kg toifasida ringga chiqqan Zeynep Yetgil ozarbayjonlik raqibi Tatyana Varansovani magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan[3].

2021-yilning noyabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilda kurash boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 53 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[4][5].

2022-yil Bolgariyaning Plovdiv shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha U23 Yevropa chempionatida 55 kgvazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[6]. Bir necha oy oʻtgach, Jazoirning Oran shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 53 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[7]. Bir necha oy oʻtgach, Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida 55 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[8][9]. 53 kg vazn toifasidagi 2022-yil Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan[10].

2023-yilda Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha U23 Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11]. 2023-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Ayollar oʻrtasida erkin kurash boʻyicha boʻyicha Yevropa chempionatida 53 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Chempionatni saralash bosqichidan boshlagan Zeynep Yetgil polshalik Roksana Zasinani 10:0 hisobida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl olgan. Chorak finalda shvetsiyalik Jonna Malmgren bilan bellashgan Zeynep 11-6 hisobida magʻlub boʻlib gilamchani tark etgan boʻlsa-da, raqibi finalga chiqqanidan soʻng bronza medali uchun kurashish huquqini qoʻlga kiritgan. Bronza medali uchun bahsda ozarbayjonlik raqibi Turkan Nasirovani 10:0 hisobida magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[12]

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi erkin kurash boʻyicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida 53 kg vazn toifasidagi bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „International Wrestling Database“. 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  2. „Zeynep Yetgil Wins Bronze Medal at the Junior Wrestling World Championships“. olimpiyatkomitesi.org.tr. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  3. „Turkey's junior wrestler bags gold medal“. aa.com.tr. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  4. Dowdeswell, Andrew. „Yepez Guzman makes history for Ecuador at UWW Under-23 World Championships“. InsideTheGames.biz (2021-yil 5-noyabr). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  5. „2021 U23 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
  6. „2022 European U23 Wrestling Championship Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  7. „Wrestling Competition Summary“. 2022 Mediterranean Games. 2022-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  8. „2021 Islamic Solidarity Games Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  9. „Eskişehirli milli güreşçi Muhammet Akdeniz minderden gümüş madalya ile ayrıldı“.
  10. „2022 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  11. „2023 European U23 Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling (2023-yil 20-mart). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  12. „Zeynep Yetgil'den bronz madalya“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  13. „2024 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2024-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.