Zaynab Gʻaniyevna Sodiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zaynab Gʻaniyevna Sodiqova (1917.9.2, Ijevsk — 1995.25.5, Samarqand) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Ijodiy faoliyatini 1934 yil H. Olimjon nomidagi Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan. S. ijodi dramatik shuur bilan birga pinhon kechinmalarga boy. Sahnada soʻz jarangidan koʻra, xrlat, xatti-harakat va qarashlar maʼnosi orqali obraz qiyofasini ochishni afzal koʻrgan. Sahnada 150 dan ortiq rol ijro etgan. Qimmat ("Rustam"), Lida ("Platon Krechet"), Dilbar ("Tormor"), Lyubov ("Lyubov Yarovaya"), Adolat ("Adolat"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon"), Guli ("Alisher Navoiy"), Kuraj ona ("Bandai gumroh") va boshqa shular jumlasidan. Rej. sifatida "Toshbolta oshiq" (h. Gʻulom, M. Leviyev), "Birinchi muhabbat" (X. Vohid), "Jon qizlar" (K. Boyseitov, K. Shangʻitboyev, M. Muhamedov), "Ezop" (G. Figeyredu), "Tentak" (N. Hikmat), "Odam tugʻildi" (Oʻ. Umarbekov), "Parvona" (Uygʻun), "Olgin devor" (E. Vohidov), "Otello" (U. Shekspir, A. Grinberg bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil