Kontent qismiga oʻtish

Zaur Taxushev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaur Taxushev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1982-yil 1-iyun
Nartkala, Rossiya
Boʻyi 170 sm
Vazni 84.29 kg
Sport
Mamlakat Rossiya
Qaysi sport Ogʻir atletika
Klubi SDYuShOR

Zaur Xazrailovich Taxushev (1981-yil, 9-noyabrda tugʻilgan[1][2]) – rossiyalik ogʻir atletikachi, 85 kg gacha vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etadi. Rossiya chempioni, Yevropa chempionati sovrindori, olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaur Taxushev 1981-yil 9-noyabrda Nartkalda (Kabardino-Bolqoriya) tugʻilgan[1].

Kursk davlat texnika universitetida tahsil olgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillarida Urvan viloyati sport va oʻsmirlar sport maktabi aʼzosi boʻlgan. Mixail Shikemov va Yuriy Cherkesov[4] qoʻl ostida mashgʻulotlarni oʻtkazgan.

1997-yilda Taxushev yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. 4 yil oʻtib, oʻsmirlar oʻrtasida ham jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[4].

2001-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 327,5 kg natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan[5].

2002-yilda Zaur Taxushev 22 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Rossiya chempionati gʻolibi boʻlgan[4].

2003-yildan beri kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Taxushev dast koʻtarishda 167,5 kg, siltab koʻtarishda 190 kg tosh koʻtarib, Nevinnomisskdagi musobaqada Rossiya chempioni unvonini qoʻlga kiritgan[6][7]. 2003-yilda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan va Moskvaning SSKA klubi sharafini himoya qila boshlagan[4].

Saralash bahslarida yaxshi natija qayd etmaganligiga qaramasdan Afinada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun terma jamoaga chaqirilgan[8][9]. Taxushev Kievdagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan[10]. Gretsiyadagi Olimpiya oʻyinlarida 85 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda 175 kg toshni koʻtarishda uchta urinishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan va musobaqani muddatidan oldin yakunlagam[1].

2005-yilda Kurskdagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan[2].

2006-yilda Vladislavovdagi Yevropa chempionatida 370 kg natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. Belaruslik Andrey Ribakov va rossiyalik Yuriy Mishkovets mos ravishda birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro toifadagi sport ustasi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Zaur Takhushev Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com (2016-yil 4-dekabr). 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  2. 2,0 2,1 „Чемпионат России 2005 года по тяжёлой атлетике (Курск)“. olympic-weightlifting.ru. 2022-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  3. 3,0 3,1 „Студент Тахушев взял в Польше «бронзу»“. www.dddkursk.ru. 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Тахушев стал москвичом, но в погонах. // Московский спорт : газета. — 2004. — 28 июля (Andoza:Бсокр).
  5. „ATHLETES / BIOS - TAKHUSHEV ZAUR“ (en). IWF.
  6. „Тахушев и Красный завоевали «золото»“ (ru). Советский спорт (2003-yil 31-yanvar). 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  7. „Чемпионат России по тяжёлой атлетике 2003 года“. www.olympic-weightlifting.ru. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  8. Радость побед и горечь поражений // Олимп : журнал. — 2004. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 9 may 2021 года.
  9. „Почему Асламбек Эдиев не поехал в Грецию ?“ (ru). wsport.su. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  10. „Главный тренер сборной России Давид Ригерт: Нас мало, но я в тельняшке“ (ru). Советский спорт. 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.