Zatobolsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qishloq
Zatobolsk
qoz. Затобол
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Qoʻstanoy viloyati
Tuman Qoʻstanoy tumani
Koordinatalari 53°12′1″N 63°41′26″E / 53.20028°N 63.69056°E / 53.20028; 63.69056Koordinatalari: 53°12′1″N 63°41′26″E / 53.20028°N 63.69056°E / 53.20028; 63.69056
Akim Frunchik Arakelyan
Asos solingan 1881
Ilk eslatilishi 1881
Avvalgi nomlari Samodurovka, Zatobolovka
Markazi balandligi 201 m
Aholisi 23,580 nafar (2012)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71455[1]
Pochta indeksi 111100[2]
Avtomobil kodi P, 10
Zatobolsk (Qozogʻiston)
Zatobolsk  qoz. Затобол

Zatobolsk — Qoʻstanoy viloyati Qoʻstanoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Viloyat markazi — Qoʻstanoy shahridan sharqqa tomon 5 km masofada, Toʻbil daryosining oʻng yoqasida oʻrmonli hududda joylashgan. Aholisi 23,580 kishi (2012). Poydevori 1863-yili qurilgan.

Iqtisodiy va ijtimoiy soha[tahrir]

Zatobolskda maxsus mashina ishlab chiqarish zavodi, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxona, mashina-traktor taʼmirlash ustaxonasi, Toʻbil oʻrmon xoʻjalik korxonasi, pivo zavodi, navvoyxona, v.b. korxonalar, shirkatlar va MChB faoliyat yuritmoqda. Qishloqda tuman kasalxonasi, shifoxona, 3 ta oʻrta, 1 sakkiz yillik maktab, madaniyat uyi, klub, stadion, v.h. tibbiyot mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Zatobolsk orqili Qoʻstanoy — Mendiqara — Petropavlovsk avtomobil yoʻli oʻtadi.[3]

Aholisi[tahrir]

1999-yili qishloq aholisi 20,117 kishini, (9,637 nafari erkaklar va 10,480 nafari ayollar)[4] 2009-yilda esa qishloq aholisi 22,908 kishini tashkil qildi (10,826 nafari erkaklar va 12,082 nafari ayollar)[4].

Tibbiyot[tahrir]

  • Markaziy tuman kasalxonasi

Taʼlim[tahrir]

  • Nurjan Nayshabaev nomli maktab
  • Ostrovskiy nomli № 1 maktab
  • Zatobolsk № 2 oʻrta maktab
  • Zatobolsk maktab-gimnaziya
  • Zatobolsk xoʻjalik kolledji
  • Zatobolsk musiqa maktabi

Sport va madaniyat[tahrir]

  • BYSM (bolalar-yoshlar sport maktabi)
  • „Oltin don“ madaniyat uyi
  • „Zatobolskiy“ stadioni

Ibodatxonalar[tahrir]

  • Manday botir masjidi
  • Pravoslavik xram

Transport[tahrir]

Qishloq chetida yirik xalqaro va shahararo avtomabil yoʻllari oʻtgan. AH7 Osiyo marshruti (Yekaterinburg-Karachi). Qoʻstanoy shahri bilan „Qoʻstanoy-Zatobolsk“ avto yoʻli orqali bogʻlanadi.

Manbalar[tahrir]

  1. Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
  2. Почтовые индексы Казахстана
  3. "Qozoq Ensiklopediyasi",4 tom 3 boʻlim
  4. 4,0 4,1 Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года. Агентство Республики Казахстан по статистике. Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-27).