Zarya Vostoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarya Vastoka (shirin qalampir) — Oʻrta ertapishar nav, texnik pishgunga qadar oʻsish davri 116-120 kun. Tupi ixcham, past boʻyli 44-52 sm. Mevasi konussimon, yuzasi tekis, kam seziluvchan qabariqli, vazni 64-70 g, texnik yetilganda qaymoq rang, biologik yetilganda qizil, eti sersuv, qalinligi 5,0 mm, degustatsion bahosi 5,0 ball. Hosildorligi 25-30 t/ga.Roʻzgʻorda ishlatishga va qayta ishlashga yaroqli, issiqqa chidamli.

[1][2]

Ildizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin qalampir ildizi oʻsimlikning jami vaznining taxminan 20 %ini tashkil qiladi.Ildizi oʻq ildiz, koʻchatini koʻchirib oʻtqazish hisobiga yon ildizlar hosil qiladi va ular asosan tuproqning 5-40 sm chuqurligiga tarqaladi.

Guli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalampir guli rangi oq, 5-7 gultojibargli, ikki jinsli boʻlib, barg qoʻltigʻi va poyaning yon shoxchalari paydo boʻlgan yerlarda hosil boʻladi.

  1. „Agrobank-"100 kitob toʻplami" taqdimotini oʻtkazdi“.
  2. Shirin qalampir yetishtirish. 23- kitob. Agrobank ATB. 2021.