Zardolu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zardolu - sariq oʻrik.Fors-tojik tili materiali boʻlgan ushbu soʻz zard va oli boʻlaklaridan iborat boʻlib, zard — sariq rang maʼnosini bildiradi. Soʻzlarda, koʻpincha, uni tashkil qiluvchi boʻlaklarning asosi maʼlum bolmaydi. Qoʻshma soʻzlarning koʻpchiligida esa komponentlar ham u darajada oʻzaro qorishib ketmagan boʻladi. Bu soʻzda ham ikkala komponent aniq. Zardolu soʻzi ham shu formada XV asrgacha boʻlgan turkiy yozma manbalarda uchramaydi. Alisher Navoiy asarida: Shirada zardolu etib qand hal, Yoʻq qadu amrud qaduyi asal. (Hayrat ul-abror 214)

Zardolu soʻzining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi eron tilida (eramizgacha IX — VI asrlarda) zayisu — zayica — sariq, oltin rangli maʼnosini anglatgan soʻz, keyinchalik zard formasiga kelib qolgan. Bunda yana zar, zarrin soʻzlarini ham eʼtiborga olish kerak. Shunday qilib, zard soʻzi ham yasama boʻlib, u zard yoki zart boʻlishi kerak. Chunki -t, -d yasovchi qoʻshimchasi fors tilida rang bildiruvchi soʻzlar yasashda qatnashadi. Bundan tashqari, oʻzbek va boshqa turkiy tillardagi sariq, koʻk sifatlari eroniy tillardagi zar, zard, kabut, kabud soʻzlari bilan asosi yaqin boʻlsa kerak. "Gʻiyos ul-lugat"da https://saviya.uz/ijod/tilshunoslik/qimmatli-lugat/ (Wayback Machine saytida 2022-12-03 sanasida arxivlangan) zardolu formasida berilgan. Ammo zard soʻzining etimoni aniqlangan emas.

Zardolu soʻzi ishlatilgan manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Boburnoma“da ham zardolu (Bobur, 1960, 39, 61), „Turkiy tillar lugʻati“da (Budagov, 1868, 1, 604) fors tilida zardalu, afgʻon tilida zardalu, tojik tilida zardoli, urdu tilida zard-alu kabi formalarda qoʻllanadi.

Zardolu soʻzi dialektikada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zardolu turkiy tillarning birortasida ham qoʻllanmaydi. Faqat oʻzbek tilining Samarqand-Buxoro dialektida zardoli, Qashqadaryo shevalarida ham zardoli shaklida qoʻllanadi. Zardolu soʻzi oʻzbek tilining Samarqand-Buxoro dialektikada, yana fors-tojik tilining taʼsiri nisbatan kuchli boʻlgan dialekt, shevalarda zaldor — zardol formasida metateza hodisasi asosida qoʻllanadi.

Boshqa nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Devonu lugʻotit turk“da shu mevani atash uchun sargʻ eruk til birligi qoʻllangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, 1991 — 12-13 bet. ISBN 5 - 648 - 01251.